haqida asar yozishimni so`radi. Material tayyor, voqea-hodisalar ko`z o`ngimda turipti.
Ammo asarga sira qo`l ura olmayman-da. Shu kunlarda qishloqdan shoshilinch xabar
kelib qoldi. Sulton traktor ostida qolib vafot etibdi. Yonib ketdim, koz yoshimni tiya
olmayman: “Nega? Nega?!”- deyman,- xolos. Zudlik bilan Peterburgga Sultonning
o`sha yerda o`qiyotgan ukasiga sim qoqdim. Axir, Sulton ukalarini ne hasratda katta
qilgan, o`zi ishlab, ukalarini o`qitgan edi… Sultonning o`limi romanning tez
yozilishiga turtki bo`ldi. Uni yig`lab-yig`lab, yetimligimni eslab-eslab, xor-zor
bo`lganliklarimizdan o`kinib-o`kinib yozdim…” (2; 55-56- betlar).
X.To’xtaboyev qahramonlarining har biri o’ziga xos qiyofa va gapirish usuliga
ega bo’lsa-da, uning barcha asarlarini sayqal topgan quvnoq va hayotbaxsh yumor
birlashtirib turganini ilg’ash qiyin emas. “Rostini aytsam,- deydi Hoshimjon,- o’zim
ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas,
oltinchi sinfning intizomli o’quvchilaridanman. Bir xil haligi sho’x bolalarga o’xshab,
kun bo’yi ko’cha changitib yurgandan ko’ra komandaga bo’linib olib, to’p tepgan yoki
xoliroq joyga, masalan, oying harjand chaqirsa ham ovozi yetmaydigan joyga borib
olib chillak o’ynagan ming marta yaxshi ”.
XX asr boshlarida o’lka tarixida “Namoz botir”, “Namoz polvon”, nomlari bilan
chuqur iz qoldirgan Namoz Pirimqul o’g’li (1865-1907) tarixiga doir “Qasoskorning
oltin boshi” romani ham adib ijodida muhim o’rin tutadi.
A.Qodiriy kabi asar yozishni orzu qilgan Anna Almatinskayaning “Zulm”
trilogiyasi va Izzat Sultonning “Noma’lum kishi” dramasida ham mashhur Namoz
botir timsoli o’ziga xos mehr- muhabbat bilan tasvirlangan.
-Aniq esimda, katta o`g`lim Baxtiyor 6-sinfda o`qirdi,- deb xotirlaydi
Xudoyberdi aka. – O`zbekiston televideniysida “Kapitan Tenkish” degan serial
ko`rsatila boshladi. Shu film namoyish etilayotganda hamma televizor qarshisida
bo`lar, ko`cha suv quyganday tinchib qolardi. O`g`lim tengi bolalar kechqurungi
namoyishdan qoniqmay, kunduzgi, qaytaruv namoyishni ham, darsdan qochib bo`lsa-
da ko`rardilar.
Kapitan Tenkish qasoskor edi. U olti bor qamalgan, har gal qamoqdan qochgan.
Men ham Tenkishga o`xshash qahramon timsolini yaratmoqchi bo`ldim. Shu paytda
“Guliston” jurnalida Namoz haqida maqola e`lon qilindi. Xayolimda bolaligimda
bobom bilan Samarqandga borganim, uch kun Namozgoh dahasida yashaganim keldi.
1976-78-yillarda Namoz izlarini izlab Samarqandda ko`p bor bo`ldim. Namozning
jiyanlari, Ulug`oy momoning Omon, Barot degan farzandlari bilan uchrashdim.
Dombobo degan qariya Namoz haqida ko`p esdaliklar aytib berdi. O`sha yerda Abdulla
Qodiriyning ham Samarqandga kelganini, Ulug`momoni izvoshga mindirib Namoz
polvon qarindoshlari, qadrdonlari xonadoniga borganini eshitdim. Rahmatli Habibulla