ba’zilarining to’g’ri yo’l qolib, jinoiy ishlarga qo’l urishlari adibning katta-kichik
barcha asarlari sujetidan chuqur joy olgan.
E’tiborli jihati shundaki, ularning ko’pchiligi qariyb ellik yillardan buyon
boshlang’ich sinflarning “O’qish kitobi” darsliklaridan tushmy keladi.
Bolalar adabiyotining qon tomiri bo’lgan hayotbaxsh didaktika va badiyat
uyg’unligiga yozuvchining o’ziga xos munosabati mavjud. Jumladan, “Qizg’anchiq”,
“Shoshqaloq”, “Orif cholning o’rigi” hikoyalarida kichkintoylar hayotidan olingan
(buni adibning o’z hayotidan olingan deyish ham mumkin) e’tiborli biron voqea
tasviridan kelib chiqadigan tabiiy xulosa ko’proq o’sha voqea tufayli hikoya qahramoni
tushgan holat tarzida havola qilinadi.
MUHOKAMA Yozuvchining qissa va romanlarida bu xildagi g’oyaviy-badiiy, tarbiyaviy vazifa
qahramonlar boshidan kechirgan sarguzashtlar zimmasiga yuklanadi. Xarakterlar
takomilining ko’zgusi bo’lgan har qanday sarguzasht esa kishini befarq qoldirmaydi.
Zero, “Sariq devni minib” romanidagi Akrom qovunchi, “Besh bolali yigitcha”
romanidagi Orifjon, “Qasoskorning oltin boshi” romanidagi Namoz botirlar taqdiri
bilan bog’liq sarguzashtlarni his-hayajonsiz o’qib bo’lmaydi. Negaki, “Bolalar
adabiyotida shiddat – dinamika muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh kitobxon hamisha
hayajonda bo`lishi, yangi g`aroyib voqaea-hodisa bilan uchrashuvga tayyor turishi
kerak” (2; 17- bet) ligi ham shuni taqozo etadi.
Avtobiografik xarakterdagi “Besh bolali yigitcha” romani bu borada alohida
ahamiyat kasb etadi.
“2006-yilning 21-sentabrida,- deb yozadi Abdug`ofir Rasulov,- Xudoyberdi aka,
Mirpo`lat Mirzo, men Toshkentdan Forishga yo`l oldik. “Neksiya”ni yozuvchining
ikkinchi o`g`li Bahrom boshqarib botyapti. Yo`l olis. O`zaro gurung qizigan.
Kutilmaganda Xudoyberdi aka:
- Xuddi mana shu yerda bizni poyezddan tushirib ketishgandi,- deb qoldi.
Hammamiz gap nima haqidaligini angladik.
-Bir-ikki kun yon-atrofni kezdik. Yemish izladik. Duch kelgan joyda uxladik,-
davom etdi Xudoyberdi aka. –Oramizda Sulton degan zo`ravon, urishqoq, ammo
yuragi toza bola bore di. Hammamizni to`pladi:
- Gap bundoq, bolalar,- dedi,- endi poyezd kutib, ulovga umid qilib o`tirmaymiz.
Tavakkal qilib yo`lga tushamiz. Seniki, meniki degan gap yo`q. Topganimiz o`rtada.
Bir-birimizni himoya qilamiz.
Safimizda Sultonning uchta ukasi bor. .. O`tgan asrning 70-yillarigacha sobiq
detdomchilar yig`ilishib, uchrashib turdik. Qo`qonlik bir o`qituvchi o`sha og`ir yillar