Adibning nomini mashhur qilgan bu asarning siri nimada? Nima uchun roman
aynan shunday nomlangan? Bu savollarga javov berar ekan, professor O. Safarov
shunday deb yozadi: “Avvalo “Sariq dev” iborasining majoziy ma’nosini izohlash joiz.
Nima uchun dev aynan sariq, qora yoki oq emas.
Ma’lumki, sariq so’zi nafs-olov ma’nolarini bildiradi.
Xalqimizda nafsini tiya olmagan, nafsining quliga aylangan, ya’ni nafs bandalari
nafsi olovlar deb ham ataladi.
Darhaqiqat, kimki nafsini tiya olmas ekan, bir kunmas bir kun nafs olovida kuyib
kul bo’ladi. Olov esa, tabiiyki, sariq rangdadir.
Ibora tarkibidagi dev afsonaviy yovuzlik timsoli sanaladi. Ertaklarda bayon
qilinishicha, yovuz dev komiga tushgan har qanday jonzot hech qachon tirik qolmagan.
Asar qahramoni Hoshimjon ham o’z nafsiga anchagina erk beradi, ya’ni nafs
deviga minib yo’lga tushadi.
Undagi voqealar bosh qahramon Hoshimjon tili bilan sodda, aniq, qolaversa,
bolalarcha o’y-fikrlar orqali qiziqarli tarzda hikoya qilinadi. Hoshimjonning gap-
so’zlari va xatti-harakatida bolalarcha tafakkur tarzining saqlanishi asar syujetining
yutug’ini ta’minlashga xizmat qilgan.
Romanning keng kitobxonlar ommasiga manzurligining bosh sabablaridan yana
biri sehrli qalpoqchaning ishtirokidir. Hoshimjon aynan sehrli qalpoqcha vositasida
bir-biridan ajoyib va g’aroyib sarguzashtlarni boshidan kechiradi”. (1; 268)
Hoshimjon sho’x, g’ayratli, hozirjavob, ziyrak, serfahm bola. Lekin shu bilan
birga, jindak ayyorligi, lofchiligi, qo’rqoqligi, yolg’onchiligi ham bor.
Yerga ursa ko’kka sapchiydigan kichik qahramon jo’shqin orzularga beriladi,
sehrli qalpoqcha yordamida o’qimasdan turib odam bo’lish mumkin deb o’ylaydi.
Hatto, bu borada maktab direktori O.Azizov va o’qituvchisi Qobilov bilan ham ko’p
bora tortishadi.
Hali o’qib o’rganmagan, ozmi-ko’pmi hayot sirlaridan bexabar bo’lgan
Hoshimjon ko’p hollarda mushkul ahvolga ham tushib qoladi. Shunday damlarda u
qalpoqchaga yuzlanib: “Menga aql o’rgat, yo’l ko’rsat”,- deya iltimos qiladi. Ammo
do’sti sehrli qalpoqcha: “Aql sehrga bo’ysunmaydi, bo’yingga bo’y qo’shganim bilan,
aqlingga aql qo’sholmayman, bari bir, o’qib o’rganishing kerak, Hoshimjon”, - deb
unga to’g’ri yo’l ko’rsatadi.
NATIJALAR “Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari bor,- deb yozadi
H.Xudoyberganov,- yosh avlod uchun yoziladigan asar hayotni o`ziga xos vositalar
orqali tadqiq etadi, lekin u chinakam iste`dod mevasi bo`lib yuzaga kelsa, katta