Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

161
4 5 - 4 6 - m av z u l a r :
IX-XII ASRLARDA ILM-FAN VA 
MADANIYATNING YUKSALISHI
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Rasmda berilgan Mag‘oki Attoriy masjidi qaysi sulola davrida qurilgan edi? 
2. Jahon tarixi fanidan olgan bilimlaringiz asosida quyidagi savollarga javob 
bering. Xalifa Ma’mun Bag‘dodda tashkil qilgan ilm muassasasi tarixda 
qanday nom bilan qolgan? Bu muassasa nimasi bilan mashhur bo‘lgan?
3. Mahmud G‘aznaviyning Xorazmga yurishiga nima bahona bo‘ldi? U qaysi 
olimni o‘zi bilan G‘aznaga olib ketdi va unga vazirlik darajasini berdi?
Mulohaza 
uchun
Turon hududi jahon 
madaniyatining 
ko‘hna 
o‘choqlaridan biri bo‘l
-
gan. Islom dini kirib keli-
shidan avval ham bu 
yerda yashagan xalqlar 
boy me’morchilik va hu
-
narmandchilik an’analari
-
ga ega edilar. Mintaqaga 
islom dini kirib kelgach, 
mahalliy an’analar islom 
madaniyati bilan uyg‘un
-
lashib, yanada yuksalish 
pallasiga kirdi.
Ilm-fan, savdo-sotiq, 
qurilish va qishloq xo‘ja
-
ligi misli ko‘rilmagan da
-
rajada taraqqiy etdi. Ilk 
Buxorodagi Mag‘oki 
Attoriy masjidi


islom davridagi mavjud siyosiy va iqtisodiy muhit bu 
jarayonga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
IX-X asrlarda me’morchilikning ajoyib yutuqla
-
ri masjid va madrasalar qurili shida ko‘proq namoyon 
bo‘ldi. O‘sha davrlarda diyorimizga kelib-ketgan say
-
yoh va olimlar shaharlarga ta’rif bera turib, asosiy bi
-
nolar sifatida masjid va madrasalarni tilga olganliklari 
shundan dalolatdir. Masjid binolari yonida hashamatli 
va ulug‘vor minora, honaqoh, ulamo-yu avliyolarning 
mozorlari ustiga maqbaralar qurildi.
Bunday joylarni ziyorat etuvchilarning soni ko‘p 
bo‘lganligidan maxsus hujralar ham bino etila boshladi. 
Iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, shaharlar ahami
-
yatining ortib borishi natijasida IX asrga qadar asosan 
loy va xom g‘ishtdan qurib kelingan binolar o‘rniga endi 
pishiq g‘ishtlar ham ishlatila boshladi.
1. Bu davrda qanday yangi binolar qad ko‘tardi?
2. Ularning vazifasi nimalardan iborat edi?
3. Birinchi madrasa qayerda qurilgan?
Ijodiy faoliyat
Hozirgi geo-
logiya, minera-
logiya, fizika va kimyo soha-
lari uchun nihoyatda muhim 
va ishonchli bo‘lgan modda-
lar tahlili (diagnostikasi)ning 
usuli, ya’ni moddalar solish-
tirma og‘irligini aniqlash ilk 
bor Xorazmda Ma’mun aka-
demiyasida Beruniy tomoni-
dan kashf etilgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin