Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat


165
Ma’lumot uchun
Xorazmshohlardan 
Abul Hasan Ali 
ibn Ma’mun
ilmga katta e’tibor ko‘rsatib, 
o‘z saroyiga olimlarni taklif qiladi. Gurganchda 1004-yil
-
da akademiyaga asos soladi. Bu tarixda Ma’mun aka
-
demiyasi nomi bilan qoladi. Mazkur akademiyada Abu 
Rayhon Beruniy ilm ahliga boshchilik qiladi. 
Unda Abu Ali ibn Sino ham faoliyat yuritgan. Aka
-
demiyada diniy bilimlar bilan bir qatorda olimlar dun
-
yoviy va tabiiy fanlar bilan, xususan, astronomiya
matematika, fizika, kimyo, mineralogiya, kartografiya, 
geogra fiya, geometriya, tabiatshunoslik, tibbiyot, fal
-
safa, tarix, arab tili, mantiq, adabiyot, islom huquqshu
-
nosligi va boshqa ilmlar sohasida chuqur tadqiqotlar 
olib borishgan. Ular arab, fors, hind, lotin, yunon va 
turkiy tillarni mukammal bilganlar. Yunon olimlaridan 
Platon, Aristotel, Ptolemey, Yevklid, Pifagor va Galen 
asarlarini chuqur tahlil qilib, ularga bag‘ishlab sharhlar 
bitganlar. 


O‘zlari yuqoridagi ilmlar sohasida tadqiqotlar o‘tka
-
zib, fanni yangi g‘oyalar bilan boyitganlar. 
Ular Gurganch madrasalarida yoshlarga ta’lim-tar
-
biya berib, iste’dodli shogirdlar tayyorlashga katta hissa 
qo‘shdilar. Shuningdek, akademiyada Beruniyning as-
tronomiya, Abu Nasrning matematika, Abul Xayr Ham
-
morning kimyo maktablarida ham yoshlarga chuqur 
bilim berildi. Bu davrga kelib Gurganj madrasalari va 
yuqoridagi maktablar haqiqiy ilm-maskanlariga aylan
-
di. Ularda ta’lim olgan yoshlar keyinchalik Sharqning 
mashhur allomalari bo‘lib yetishdilar. 
Ma’mun akademiyasida yig‘ilgan olimlarning 
aksariyati Muhammad Muso Xorazmiy asarlarining 
sharhlovchilari yoki bu olimning biror fan sohasida
-
gi ilmiy an’analari davomchilari bo‘lgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin