52
Oʻqitishning
elektron
vositalari.
Hozirgi
zamon
kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari oʻqitish
vositalariga oʻqituvchi va taʼlim
oluvchi vazifalarining bir
qismini yuklash imkonini beradi.
Elektron oʻquv-metodik majmualar
― zamonaviy axborot
texnologiyalari muhitida oʻqitishning didaktik, dasturiy va
texnik interfaol majmuasidan tashkil topgan va oʻquv
materiallarini
kompyuter texnologiyalari, audio-video
vositalar asosida taqdim etadigan oʻquv-metodik majmuasi.
Elektron shakldagi oʻquv-usuliy materiallar
―
elektron
darslik, elektron oʻquv qoʻllanmalar, elektron maʼruza
materiallari, elektron kutubxonalar, mos(GD, Flesh va h.k.)
sigʻimdagi audiovizual materiallar, interfaol oʻquv
kurslari,
kompyuterda hisoblash tajribasini oʻtkazish uchun
laboratoriya vazifalari, test sinovlarini oʻtkazish tizimlari.
Elektron darslik
―
kompyuter
texnologiyasiga asoslangan
oʻquv usulini qoʻllash, mustaqil taʼlim olish, muayyan fanga
oid oʻquv materiallari, ilmiy maʼlumotlarni
har tomonlama
samarali oʻzlashtirishga qaratilgan oʻquv adabiyoti yoki
kompyuter texnologiyalariga asoslangan oʻqitish
metodlaridan foydalanishga moʻljallangan oʻqitish vositasi.
Elektron oʻquv adabiyoti
–
zamonaviy axborot
texnologiyalari asosida maʼlumotlarni toʻplash, tasvirlash,
yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish
va nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻquv manbalari.
Multimedia
― kompyuter uchun moʻljallangan tovush,
video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat
texnik yoki dasturiy majmua. Tovush, video, animatsiyalar “
multimedia elementlari” deyish mumkin.
Multimedia texnologiyalari axborotning koʻpgina
turlarini
oʻzida integratsiyalaydi. Masalan:
a)skanerdan olingan tasvirlar;
b)yozib olingan ovoz, musiqiy effektlar va musiqa;
c)murakkab videoeffektli videolar;
d)turli animatsiyalar
Qolaversa, multimedia vositalariga qoʻshimcha qilib
proyektor, interaktiv doskani ham kiritish mumkin.
Multimedia orqali olingan bilimlar kishi xotirasiga uzoq
saqlanib, kerakli paytda amaliyotda qoʻllash imkonini beradi.
Umuman olganda, multimediani qoʻllash
orqali quyidagi
oʻqitish samaradorligiga erishiladi:
53
.bilimlarni oʻzlashtirish majburan emas, balki oʻquvchi ixtiyori bilan amalga oshadi;
. multimedia oʻquvchi tomonidan xursandlik bilan qabul qilinadi, xursandlik esa oʻz navbatida,
uni oʻquv faniga munosabatini ijobiy tomonga oʻzgartiradi;
. oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash uchun yangi obyektiv mezon paydo boʻladi: kim koʻp bilsa
va undan muvaffaqiyatli foydalana olsa, oʻsha yutib chiqadi;
.oʻz fantaziyalariga erk berish imkoniyati tugʻiladi, qoʻrquv hissi, boshqalarga kulgi boʻlish
hissi, yomon baho olishdan qoʻrqish hissi chekinadi;
.jamoada sogʻlom raqobat va musobaqa muhiti shakllanadi;
.oʻquvchilar mavjud qiyinchiliklarni mustaqil yengib oʻtishga intiladi;
.fanlararo bogʻlanishni haqiqiy amalga oshirish imkoniyati tugʻiladi.
Dostları ilə paylaş: