229
neoklassik nazariyaga hech qachon to‗g‗ri kelmaganligini bilish zarur.
Bu nazariya siyosiy talabga to‗g‗ri kelgani va iqtisodiy hodisalarni
standart klassik nazariyaga qaraganda yaxshiroq tushuntirgani uchun
yuzaga kelgan.
Yangi klassik revolyutsiya Keyns makroiqtisodiy nazariyasiga
to‗g‗ri kelmagani uchun u bilan bahslashdi va makroiqtisodiy nazariyani
mikroiqtisodiy nazariyaga bo‗ysundirishga harakat qildi. Bu qandaydir
ma‘noda neoklassik ta‘limotning oxirgi hayqirig‗i
edi va u
makroiqtisodiy asosni bo‗shashtira oldi, lekin makroiqtisodiy nazariyani
mikroiqtisodiy nazariyaga qayta bo‗ysundira olmadi. Uni faqatgina
alohida bo‗laklarga bo‗lib, alohida izchil bo‗lmagan, qayerda to‗g‗ri
kelsa ishlatiladigan modellar rivojlanishiga yo‗l qo‗yib berdi. Keyns
ta‘limoti shunday o‗ziga xos sharoitda klassik ta‘limotdan ko‗p farq
qilmas edi. Ikkala nazariya ham zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bir
xususiyati, ya‘ni real hayotni anglashda modellarni ishlatish usulidir
45
.
10.4. Postkeynschilik iqtisodiyoti
Makroiqtisodiyot sohasini tushunib borganimiz sayin biz bozor
iqtisodiyotiga asoslangan makroiqtisodiyot Keynsning kitoblari orqali
topilgan ma‘lum bir qonuniyatlarga asoslanishini ko‗rib boramiz. Bu
holat Keyns makroiqtisodiyot to‗g‗risida
aynan nima demoqchiligini
ifodalagan yakdillikka ega bo‗lishda iqtisodchilarning umumiy
qobiliyatsizligidan paydo bo‗ldi. 1970-yillarga kelib, Sidney Veyntraub
va Pol Davidson tomonidan Atlantika okeani bo‗yida va iqtisodiy
maktab sifatida dunyoga tanilishiga imkon bergan asosiy neokeynschilik
modeli tanqidini aniq va ravon ifodalashda Angliya birlashgan
kuchlarini o‗z ichiga olgan Jon Robinson va Jon eatvell tomonidan bir
iqtisodiy guruh shakllandi. Ular o‗zlarini
postkeynschilar,
deb
atadilar,
1974-yilda o‗zlarining tashkiliy majlisini o‗tkazishdi hamda
Journal of
Post-Keynesian Economics (JPKE) (Postkeynschlik iqtisodiyoti jurnali)
nashrdan chiqarildi. Ushbu jurnalning dastlabki nashrida turli xil
asoschilar va qo‗llab-quvvatlovchilar postkeynschilik iqtisodiyoti asli
nimani anglatishi haqida so‗z olib bordilar. Jon Robinson bu
iqtisodiyotni ―kelajak va o‗tmish o‗rtasidagi farqli tomonlarni hisoblab
beruvchi tahlil metodi‖ deb atadi. J. K. Gelbreyt uni ―sanoatlashgan
jamiyat uzluksiz va organik o‗zgarishlar jarayonida bo‗lib,
davlat
siyosati bu kabi o‗zgarishlarga moslashib boradi va shunday davlat
45
History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company
Boston Toronto. P 440-444
230
siyosatini yo‗lga qo‗yish bilan tizim yaxshilanadi‖ deya ifodalab o‗tadi.
Boshqa iqtisodchilar esa turlicha masalalarga e‘tibor qaratishadi, ammo
ularning barchasi neoklassik va neokeynschilik iqtisodiyoti o‗zini
oqlamaganini e‘tirof etadilar. Ular o‗zlaricha qarashlarni amalga
oshirdilar va shuning uchun bozor makroiqtisodiyotini ―begona
keynschilik‖ deya nomlab, Keyns yo‗nalishiga sodiqlikning haqiqiy
namoyondalari sifatida maydonga chiqdilar.
Britaniya postkeynschiligi (ba‘zida neorikardochilar,
deb ham
yuritiladi) eng to‗g‗ri yo‗nalish Rikardoning ishlab chiqarish nazariyasi
va uni Kaleskining iqtisodiy davrlarga oid sinfiylik nazariyasi bilan
to‗ldirish, deb hisoblashgan. Piyero Srafaning
Production of
Commodities by Means of Commodities: Prelude to a Critique of
Economic Theory
(1960) (Tovarlar vositasida aynan tovarlar ishlab
chiqarishni yo‗lga qo‗yish: Iqtisodiyot nazariyasi tanqidiga kirish) nomli
izlanishidan so‗ng ular foydaning ish haqi va foyda o‗rtasida
taqsimlanishi aniq emasligini hamda jami ishlab chiqarilgan mahsulotga
bog‗liq bo‗lmasligini ta‘kidlab o‗tdilar.
Shundan kelib chiqib,
daromadlarning taqsimlanishi marjinal samaradorlik bilan emas, balki
tabiatdagi makroiqtisodiy kuchlar yordamida aniqlanishini sezish qiyin
emas edi. Bu iqtisodiy qarashda ular Maykl Kaleskining 1933-yilda
―ishchilar o‗zlari topganini sarflasalar, kapitalistlar sarflaganini
topadilar‖ deb o‗z mulohazalariga xulosa
yasagan modeli asosida ish
ko‗radilar.
46
Kaleski o‗z modelida uchta markaziy farazlarni keltirib o‗tdi.
Birinchidan u firmalar narxlashtirishning kost-plus (xarajatlar-plus
doimiy daromadlar) metodini qo‗llashlarini faraz qildi. Kapitalistlar
foyda va ish haqi darajalarini aniqlaydilar, ammo umumiy foyda yoki
maoshning umumiy hajmini aniqlamaydilar, chunki ular ishlab
chiqarilgan
mahsulotning
umumiy
darajasi
orqali
aniqlanadi.
Ikkinchidan, hech qanday jamg‗arma xarajatga yo‗naltirilmaydi, shuning
uchun ishlab chiqarilgan mahsulotning
umumiy darajasi Keynsning
multiplikatsion modeli asosida umumiy talab darajasi orqali aniqlanadi.
Uchinchidan, ishchilar o‗z daromadlarining 100% ini sarflaydilar,
shuning uchun iste‘molga cheklangan moyillik ham 100% chiqadi.
Kapitalistlarning investitsiyaviy xarajatlari vaqtinchalik xarakterda
bo‗lib, foyda darajasiga (jamg‗armalarni ifoda etuvchi) bog‗liq
46
Michal Kalecki, ―An Essay on the Theory of the Business Cycle‖ [1933], translated in his
Studies in the
Theory of Business Cycles: 1933-1939
(London: Basil Blackwell, 1966).
231
bo‗lmaydi. Agarda ular barcha topgan daromadlarini sarflab yuborsa,
talab barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olishga yetarli bo‗ladi
va jami ishlab chiqarilgan mahsulot va daromad yuqoriligicha qoladi.
Agar kapitalistlar pessimistik xarakterda bo‗lib, o‗z daromadlarini
sarflamasdan, balki jamg‗arsalar, yalpi talab va umumiy ishlab
chiqarilgan mahsulot darajasi past bo‗lib, daromadlar ham kamayib
boradi (foyda normasi bir xil darajada saqlanib qolsada)
va ishsizlik
vujudga keladi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki,
daromadlarning foyda va ish haqi darajalari o‗rtasida taqsimlanishi
marjinal samaradorlik bilan emas, balki makroiqtisodiy kuchlar ta‘sirida
aniqlanadi. Ushbu oddiy modeldagi ko‗plab farazlar faoliyatning
makroiqtisodiy darajasi daromadlar taqsimlanishi orqali aniqlanishini
ifodalovchi umumiy iqtisodiy qarashning qonuniy kuchini yo‗qotmagan
holda kelib chiquvchi natijalarni ikki ma‘noli bo‗lib qolishini ko‗rsatib,
o‗zgarib borishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: