48-modda. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari va uni baholash Auditorlik tashkiloti ishi sifatining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
ichki nazoratning tizimi mavjudligi;
auditning xalqaro standartlariga, sifat nazoratiga, tahliliy tekshiruvlarga, turdosh xizmatlar
ko‘rsatishga doir topshiriqlarga va Professional buxgalterning odob-axloq kodeksiga rioya etilishi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va
ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikka
rioya etilishi;
xalqaro auditorlik tashkilotlariga yoki assotsiatsiyalariga a’zolik;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, turdosh xizmatlar ko‘rsatish uslubiyotining mavjudligi;
ko‘rsatilgan auditorlik xizmatlari natijalarining tegishli ravishda hujjatlashtirilishi;
auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun yetarli miqdordagi mehnat va vaqt resurslari;
axborotga ishlov berish uchun dasturiy mahsulotlarni va axborot texnologiyalarini qo‘llash;
auditorlarning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tish;
ushbu Qonun talablari buzilishlarining mavjud emasligi;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning shikoyatlari, shuningdek auditorlik tashkilotining
faoliyati to‘g‘risida asoslangan salbiy fikrlar mavjud emasligi, shu jumladan ommaviy axborot
vositalarida mavjud emasligi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar 49-modda. Xalqaro hamkorlik Vakolatli davlat organi qonunchilikka va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga muvofiq o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar yuzasidan xalqaro tashkilotlar
bilan auditorlik faoliyati sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda axborot almashishni
amalga oshiradi.
50-modda. Nizolarni hal etish Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda
belgilangan tartibda hal etiladi.