Amaliy va amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari.
Amaliy mashg‘ulotlar
о‘qituvchi tomonidan boshqarilib, о‘quvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni
ongli о‘zlashtiriladi, mehnat faoliyati aniq tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda
о‘quvchilar oldida quyidagi maqsadlar qо‘yiladi: о‘quvchilarni о‘quv materialini
о‘zlashtirgan bilim, mehnat kо‘nikma va malakalar darajasini tekshirish, yangi
112
mavzuni tushuntirishda mehnat usullarini kо‘rsatish, yangi mavzu bо‘yicha
о‘quvchilarning bajaradigan ishlari va bilim darajasini aniqlash, о‘quvchilarni о‘z-
о‘zini nazorat qilishlari, amaliy ishlarni mustaqil bajarishlari hamda о‘quvchilarni
amaliy mashg‘ulotlar natijalarini yaxshilashga qaratish va hokazo.
Amaliy – laboratoriya ishlari о‘zida mashg‘ulotning shunday turini
ifodalaydiki, unda о‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulot davomida tadqiqotlar,
tajribalar, kuzatishlar olib boriladi. Maxsus asboblar, uskunalar, moslamalar,
apparatlar yordamida tajribalar о‘tkaziladi, hamda tо‘g‘ri ilmiy xuloslar va
umumlashmalar chiqarish imkoniyatlarini о‘rganiladi. Amaliy – laboratoriya
mashg‘ulotlari gazlamashunoslik bilimini о‘rgatishda qо‘llaniladi. Bunday
mashg‘ulotlarda
gazlamaning
xossalari:
sitiluvchanlik,
kirishunchanlik,
ishqalanuvchanlik, g‘ijimlanishi, tolaviy tarkibini aniqlashda qо‘llaniladi. Amaliy
– laboratoriya mashg‘ulotlari о‘tkazish uchun avvaldan tayyorlaniladi; uskunalar,
xona, tadqiqot obyektlari, topshiriq kartochkalari, hisobot uchun jadvallar shakllari
tayyorlab olinadi. Amaliy laboratoriya ishlarini bajarish kо‘rsatmasi bо‘lishi,
natijalar jamoa bо‘lib muhokama qilib, baholanishi kerak.
Amaliy laboratoriya - ishlari о‘quvchilarga faqat turli xil uskunalar, asboblar,
moslamalar bilan ishlashini о‘rgatmay, balki о‘lchovlar, kuzatishlar natijalarini
ishlab chiqishni о‘rganish hamda tо‘g‘ri ilmiy xulosalar va umumlashmalar
chiqarish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish korxonasiga sayohat.
Sayohat – mehnat ta’limini tashkil
etishning shunday shakliki, u orqali о‘quvchilar bevosita ishlab chiqarish
sharoitida jihozlar bilan tanishib, texnologik va mehnat jarayonlarini tashkil etishni
kuzatib boradi, ya’ni о‘quvchilarni bevosita ishlab chiqarish sharoitiga, jihozlar,
texnologik va mehnat jarayonlari bilan tanishtirish maqsadida ishlab chiqarish
korxonalariga sayohat о‘tkaziladi.
Sayohat jarayonida korxonalarda tayyorlaniladigan mahsulotlar, zamonaviy
texnologiya, mehnatni ilmiy tashkil etish usullari va ilg‘or texnologik jarayonlar
bilan tanishtiriladi.
113
Sayohat dasturdagi mavzularni о‘tib bо‘lgach yoki о‘tishdan avval о‘tkaziladi.
О‘qituvchi ekskursiya mavzusini avvaldan tanlaydi. Sayohat qachon, qaysi joyda
borishligi aniqlanadi. Sayohat aynan mana shu maqsad asosida uyushtiriladi.
Sayohat о‘tkazishda о‘quvchi soni 15-20 tadan oshmasligi kerak. Ekskursiya
davomida frontal tarzda, ayrim hollarda yakka tushuntirish va yо‘llanma berish
mumkin. Sayohat 3 bosqichda о‘tkaziladi.
1-bosqich. Sayohatga tayyorlanish. Bunda mavzu, maqsad, vazifalar
belgilanadi, obyekt tanlanadi. Korxona rahbari bilan shartnoma tuziladi, ekskursiya
rejasi tuziladi (mashg‘ulot rejasi, о‘quvchilarga topshiriq va hisobot shakli).
2-bosqich. Sayohatning borishi. Sayohatning maqsad va vazifasi, kо‘chada,
korxonada tegishli xavfsizlik texnikasi qoidalari, tartiblari, kuzatish obyekti,
о‘quvchilarga topshirilgan vazifalar eslatiladi. О‘qituvchi sayohatni boshidan
oxirigacha birga bо‘lishi, biror baxtsiz hodisa rо‘y bersa, ekskursiyani tо‘xtatib
tegishli chora kо‘rishi kerak. Sayohat maxsus tayyorlangan mutaxassislar
tomonidan olib boriladi.
3-bosqich. Sayohatni yakunlash. Sayohat albatta yakunlanishi shart. Sayohat
davomida tug‘ilgan savollarni hal qilinadi. Sayohat korxonada о‘tkazilgan
yakunlovchi suhbat bilan cheklanmaydi. Sayohatni sо‘nggi yakuni mehnat ta’limi
mashg‘ulotlarida berilgan topshiriqlarni bajarilishini muhokama etiladi. Sayohat
vaqtida qayd etilgan ma’lumotlar daftarga yozib qо‘yiladi. Sayohat yakuni
bо‘yicha referat yozish, al’bom tayyorlash, taasurotlar asosida rasm chizish
mumkin.
Firmalar, xususiy korxonalar bazasida olib boriladigan mashg‘ulotlar.
Mashg‘ulotni tashkil etishning bunday shaklidan 8-9 sinf о‘quvchilari bilan kasb
tanlashga
yо‘llash mashg‘ulotlarini olib borishda о‘tkazish mumkin.
Mashg‘ulotning bunday shaklidan foydalanishda firma yoki xususiy korxona bilan
shartnoma tuziladi, о‘quvchilarni zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslangan
unumli mehnatda qatnashishlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunday
mashg‘ulotlar о‘quvchilar uchun korxonani boshqarish jarayoni, korxonadagi
114
kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug‘iladi, tanlagan kasblari haqida
tо‘liq ma’lumot olishlariga imkoniyat yaratiladi.
О‘quvchilarning mehnatga oid mustaqil ishlari.
О‘quvchilarni mehnatga oid
mustaqil ishlariga quyidalar kiradi:
1)Uy vazifasi tariqasidagi topshiriqlar berish о‘quvchilarni bilish faolligini,
ijodiy mustaqilligini о‘stiradi, ularni hayotga, mehnatga tayyorlaydi. Mehnat
ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida о‘quvchilarga о‘z о‘lchamida buyumlar
chizmasini chizish, buyum andozasini tayyorlash vazifasi topshiriladi. Uyga vazifa
berishdan oldin о‘qituvchi topshiriqning mohiyatini, bajarish tartibini, olingan
natijaning tekshirish yо‘llarini, talablarini tushuntiradi. Berilgan uy vazifasini
tо‘g‘ri bajarilganligini о‘qituvchi tomonidan tekshirib borilishi kerak. Uy ishlarini
baholashda topshiriqlarni bajarishning qulay usullaridan foydalanganligi, ilgari
egallagan bilimiga tayanish, texnologik echimlarning qimmati, chiqarilgan xulosa
va umumlashmalarning muhimligini hisobga olinishi lozim.
2) Ijodiy topshiriqlarni bajarish. О‘quvchilarda ijodiy faollik kasbga
muhabbatni rivojlanish imkonini beradi. О‘quvchi berilgan topshiriqni bajarishda
fan va texnologiya yutuqlarini, topshiriqning eng maqbul echimlarni topish
imkoniyatlari ustida izlanadi, yangilikka intiladi, topshiriqlar echimini ijodiy hal
qiladi.
Mehnatni tashkil etish shakllari.
Mehnatni tashkil etishning xilma-xil shakllari
mavjud bо‘lib, mavmuni maqsadiga bog‘liq bо‘ladi. Chizma chizishni barchaga
barobar о‘rgatishda frontal, amaliy ish bajarishda zveno va yakka shakldan
foydalaniladi. О‘quvchilar va о‘qituvchilar tomonidan birgalikda bajarilgan ish
frontal usul deyiladi. Har bir о‘quvchi о‘zi ish bajarsa yakka, bir necha о‘quvchilar
bitta amaliy ishni bajarsa zveno yoki frontal shakli deyiladi.
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash mashg‘ulotlari jarayoni shakllari -
didaktik maqsadning aniqligi, ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi, о‘quv
materialini tо‘g‘ri tanlash, о‘qitish modellarini maqsadga muvofiq tanlash,
о‘quvchilarning mustaqilligi, darsning tashkiliy aniqligi va о‘quvchilar ishida
xavfsizlikni ta’minlashni о‘z ichiga oladi.
115
Masofaviy ta’lim – maxsus о‘qitish vositalari yordamida о‘qituvchi bilan
bog‘lanish, shaxsiy jadval bilan о‘zi xohlagan joyda о‘qishi, о‘z ustida intensiv,
mustaqil ishlashi lozim bо‘lgan, maqsadga yо‘naltirilgan bilim olish turi.
“Model” tushunchasi ilm-fanning kо‘p sohalarida qо‘llaniladi. Model –
sxema, fizik konstruksiyalar, belgili shakllar va formulalar kо‘rinishida sun’iy
hosil qilingan obyekt bо‘lib, u tadqiq qilinayotgan obyektga о‘xshash bо‘ladi,
uning tuzilishini, xususiyatlarini, obyektning elementlari orasidagi о‘zaro aloqalar
va munosabatlarni sodda va tushunarli tarzda aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |