Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarining tiplari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2.Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash darslarining tiplari. 
Har bir aniq 
dars oldiga qо‘yiladigan asosiy ta’limiy vazifaga qarab darsning tarkibi va ayrim 
bosqichlarining vazifasi о‘zgarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ustaxonalardagi 
darslarni bir necha tipga bо‘lish mumkin. 
Mehnat talimi darslari asosiy tiplari. 
1.
О‘quvchilar yangi bilimlarni egallaydigan darslar. 
Bu tipdagi darslarga 
kirish mashg‘ulotlari, shuningdek, asosiy ta’limiy vazifasi о‘quvchilarga nazariy 
ma’lumotlar berish, ularda ba’zi tushunchalarni shakllantirishdan iborat boshqa 
о‘quv mavzulariga doir (masalan, «Pо‘latning asosiy sortlari va markalari», 
«Detallar va mexanizmlar» mavzulari bо‘yicha о‘tiladigan) darslar kiradi. 
О‘quvchilarning yangi bilimlarni egallaydigan darslarda yangi materialni 
bayon qilish asosiy о‘rin oladi. 
Masalan, 5 sinfdagi kirish mashg‘ulotlarida yog‘ochga ishlov berishni ham, 
metallga ishlov berishni ham о‘rganishda о‘quvchilarga ustaxonalarda har qanday 
buyumni tayyorlash uchta asosiy bosqichdan, ya’ni detallarni mexanik ishlash
yig‘ish, oxirgi pardozlash bosqichlaridan iborat ekanini kо‘rsatish vazifasi 
qо‘yiladi. Bu vazifani hal qilish uchun darsni suhbat shaklida о‘tkazish kerakki, 
unda о‘quvchilarning kuchi sinflarda mehnat darslarida olgan bilimlariga tayanish 
mumkin bо‘lsin. О‘qituvchi о‘quvchilarga 1-4 sinflarda buyumlarni tayyorlash 
qanday bosqichlardan iborat bо‘lganini eslashni taklif qiladi. Shundan keyin bu 
bosqichlar о‘quv ustaxonasida har xil buyumlar yasash jarayoni bilan taqqoslanadi. 


116 
Natijada о‘quvchilarning qiziqishlari ortadi va ularning politexnik bilim doirasi 
kengayadi, texnologik jarayon haqidagi dastlabki tushunchalar hosil qilinadi. 
«Pо‘latning asosiy sortlari va markalari» mavzusi bо‘yicha dars о‘tish 
metodikasi boshqacha. Bu darsda о‘qituvchining tushuntirishiga asosiy о‘rin 
beriladi, chunki о‘quv materiali о‘z ichiga о‘quvchilar uchun yangi ma’lumotlarni 
ham oladiki, ularni bayon qilishda о‘quvchilarning boshqa о‘quv fanlaridan olgan 
bilimlariga tayanish qiyin bо‘ladi. 
«Stanoklarda metallarni qirqish jarayoni» mavzusidagi darsda о‘qituvchi 
tushuntirishni suhbat bilan qо‘shib olib borishi mumkin, chunki bu darsda asosiy 
vazifa о‘quvchilarning tasavvurini va ustaxonadagi ta’lim davomida metallarni 
qirqish 
bо‘yicha olgan bilimlarini umumlashtirishdan iborat bо‘ladi. 
Umumlashtirish jarayonida о‘quvchilarning bilimlariga tayanish, suhbatdan 
foydalanish uchun yaxshi sharoit yaratadi. Ammo о‘quvchilar metalllarni qirqish 
haqidagi bilimlarini umumlashtirib ana shu bilimlar bilan chegaralanib 
qolmaydilar, ularning bilimlari о‘qituvchining tushuntirishlari tufayli kengayadi va 
tо‘ladi. 
Yangi bilimlar olish darslarida о‘quvchilarning mustaqil ishlari ham о‘z 
о‘rnini topmog‘i kerak, bu mustaqil ish yangi materialni darslikdan о‘rganishdan, 
sodir bо‘layotgan jarayonlarni kuzatishdan (masalan, о‘qituvchi metallarni 
charxlashda, «qirov» hosil bо‘lishini namoyish qiladi va hokazolardan) iborat 
bо‘lishi mumkin. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin