Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarida tarbiyalash



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

4. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarida tarbiyalash 
usullari. 
О‘quvchilarni tarbiyalashning bir qator qonun-qoidasi bor: 
1. Jamoa bо‘lib mehnat qilish, topshirilgan ishga javobgarlik xissini 
tarbiyalash. 
2. О‘z-о‘zini tanqidiy baholash va tanqidiy nazorat qilish, kamchiliklarga 
nisbatan murosasiz bо‘lish xislarini tarbiyalash. 
3. Ongli intizomni tarbiyalash. 
4. Jamiyat va shaxs mulkiga g‘amxо‘rlik munosabatlarini tarbiyalash. 
5. Tо‘garak mashg‘ulotlari jarayonida tarbiya usullaridan; iqtisodiy, kasbiy, 
axloqiy, badiiy, milliy, jismoniy mehnat, mehnat madaniyatini shakllantirish va 
hokazo.
Mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyalash usullarini qanday yо‘llar bilan olib 
borilishini quyida bayon qilingan.
1. Mehnat tarbiyasi fan asoslarini о‘rganish jarayonida о‘quvchilarning olgan 
bilimlarining aniq maqsadga yо‘nalganligini, ishlab chiqarish jarayonining ilmiy 
asoslarini, bilim va kasbiy qiziqishlarini kо‘zda tutadi. О‘quvchi butun о‘quv davrida 
mehnat bilan yaralgan boyliklar bilan tanishadi, bular faqat erkin mehnat qila 
olganlaridagina yuzaga kelishini tushunadi, о‘quvchi mehnatini ilmiy tashkil 
qilishning birinchi darsini о‘quv jarayonida oladi. 
Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarida
 
jamoa bо‘lib ishlashda 
о‘quvchilar bir-biriga yordam beradi. О‘quvchilar ba’zi ishlarni birgalikda, bir-
biriga yordam berib, ish о‘rinlarini almashib, maslahatlashib bajarishlariga tо‘g‘ri 
keladi. Bu imkoniyatlardan о‘qituvchi о‘quvchilarni tarbiyalashda keng 
foydalanishi kerak. Mashg‘ulot jarayonida о‘quvchilar о‘zaro dо‘stlik, bir-biriga 
yordam berish, rahbarlik, bо‘ysunish, javobgarlik, talabchanlik va ish yuzasidan 
olib 
boriladigan 
tanqidiy 
munosabatlarga 
kirishadilar. 
О‘qituvchi bu 


106 
munosabatlarni kamol topishini diqqat bilan kuzatishi va ularni tо‘g‘ri yо‘naltirib 
turishi kerak.
2. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarida
 
ayrim hollarda 
о‘qituvchi о‘quvchilarga о‘z ishini baholashni taklif etadi. Bu esa о‘quvchiga 
tayyorlangan buyumni sinchiklab tekshirishga, sifat kо‘rsatgichiga amal qilishga, 
о‘z-о‘zini tanqidiy baholash xissining shakllanishiga yordam beradi.
3. О‘qituvchining talablarini bajarish natijasida о‘quvchilar qabul qilingan 
qoidalar, ish usullarini aniq, ongli bajarishga asta-sekin kо‘nikadilar. Ular berilgan 
ish maromini saqlashga , ish о‘rnini namunali tutishga, asboblarni ehtiyot qilishga 
odatlanadilar. О‘quvchilarga mehnat ta’limi berish, turmushga tayyorlashning 
muhim sharti - intizomni yо‘lga qо‘yish orqali erishiladi. О‘quvchilarga ishonish, 
ularni hurmat qilish bilan birga talabchanlikni qо‘shib olib boorish - ongli 
intizomni tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir. 
4. О‘quvchilarda ijtimoiy mulkka nisbatan g‘amxо‘rlik munosabatini 
tarbiyalashning ta’sirchan usullaridan biri ularni unumli mehnatga, maktab 
ustaxonasini jihozlash ishiga, asboblarni ta’mirlashga jalb qilishdan iboratdir. 
О‘quvchilarni buyumlarni bichish vaqtida materallarni tejamkorlik bilan 
sarflashga, asbob-uskuna, korjomalarni ehtiyot qilishga о‘rgatish, о‘z ishini 
sidqidildan bajarishga, mehnatni sevishga о‘rgatish orqali mehnat tarbiyasi 
shakllanadi. 
5. Mehnat madaniyatini tarbiyalashda har bir о‘quvchi о‘zidan keyin shu ish 
joyida boshqa о‘quvchi о‘tirib ishlashi, unga ham toza, ozoda ish joyi zarurligini 
tushuntirilishi orqali shu joyni yig‘ishtirishga odatlantirish kerak. Shunig uchun, 
mashg‘ulot rejasini yozishda albatta ish joyini yig‘ishtirish bosqichi rejalashtirilishi 
va bajarilishini nazorat qilinishi kerak. 
6. О‘qituvchi yaxshi tayyorlangan buyumning chiroyliligini, tozaligini, 
bezagini hamda о‘quvchining mehnat harakatlarining aniqligini doimo ta’kidlab 
turishi orqali о‘quvchilarda badiiy did rivojlanadi. Sifatli va sifatsiz tayyorlangan 
buyumni taqqoslab, chiroyli va xunukni ajratishni, ranglarni bir-biriga mosligini 
о‘rgatib borilsa, о‘quvchilarda badiiy did tarbiyalanib boradi. 


107 
7. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslari jarayonida eng muhim 
bо‘lgan kasbiy tarbiyani shakllanishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Buning 
uchun har mashg‘ulotda о‘quvchi bajarayotgan ishi ommaviy kasb egalari 
bajaradigan ish ekanligini eslatib turiladi, korxonalarga borib ishchi kasblari bilan 
yaqindan tanishtiriladi.
Kasb tanlash jiddiy va mas’uliyatli ishdir, о‘z hayot yо‘llarini jiddiy sur’atda 
belgilab borish jiddiy masala. Buning uchun maktablardagi politexnika tizimida 
tо‘garaklar muhim о‘rin tutadi, fan tо‘garaklarida bolalar politexnik saviya, 
bilimlarini kengaytiradi, kasb tanlashga tayyorlanishadi. Maktabda yuqori sinf 
о‘quvchilari uchun “ishlab chiqarish asoslari: kasb tanlash” kursi о‘qitiladi. 
Kasbga yо‘naltirish umumiy о‘quv tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak, 
о‘quvchilarni kasbga yо‘naltirishda ota-onalar ham manfaatdor. Shuning uchun 
ham о‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bо‘lishi lozim. 
8. Iqtisodga rioya qilgan kishilar hamma vaqt tinch va rohatda yashaydilar, 
arilar qish kunida emak uchun bol yig‘ganidek, insonlar boshlariga keladurgan 
qora kunlarni о‘ylab, oq pul yig‘adilar, “Toma-toma kо‘l bо‘lur” maqolining 
mazmunini о‘quvchilarga tushuntiriladi. Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida 
о‘quvchilar bilan biror buyumni bichish vaqtida andozani tо‘g‘ri joylashtirishni
gazlamani tejab ishlatishni talab qilish, qolgan qiytimlardan biron kichik uy 
bezaklarni tikishni о‘rgatish orqali iqtisodiy tarbiya shakllanib boradi. 
Iqtisodiy tarbiya о‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy 
tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, iqtisoiy hisob-kitob va ayni shu kabilar haqida 
fikrlay olish kabi qobiliyatni kamol toptirishdir. 
9. 
Mashg‘ulotlarda mavzuni tushuntirishda mavzuga oid tarixiy 
ma’lumotlardan foydalanish, udumlar, an’analar, urf-odatlar asosida bilim berish 
orqali о‘quvchilarda milliy tarbiyani shakllantirishga imkon yaratiladi. 
О‘quvchilarni nutqini о‘stirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun 
bajargan ishlarni ketma-ketlik tarzida aytib berish, buyum haqida ma’lumotlar, 
qо‘llaniladigan gazlama, fasonlari haqida о‘quvchilarni gapirib berishga 
о‘rgatiladi. Shu tariqa о‘quvchilarning nutqi ravonlashib, til boyligi о‘shadi. 


108 
Abdulla Avloniy ham til masalasiga katta e’tibor beradi. Tilni ahloq bilan bog‘lab 
talqin qiladi. U о‘z asarida har bir kishi о‘z ona tilini mukammal bilishi, har bir 
sо‘zni о‘z о‘rnida ishlatishi, milliy-adabiy tilning taraqqiysi uchun jonkuyarlik 
qilishi zarurligini qayd qiladi. 
10. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarida
 
milliy 
hunarmandchilik asoslarini о‘rgatishda: kashtachilik, zardо‘zlik, popopchilik va 
boshqa usullar yordamida buyumlarni tikishda, ularga bezaklar tanlash yо‘llarini 
о‘rgatish orqali ham о‘quvchilarga kasbiy tarbiya beriladi. Mashg‘ulotlarda olgan 
bilimlarini mustahkamlash maqsadida muzeylarga olib boriladi, noyob asarlar 
bilan tanishtiriladi, buyumlar tikishda milliy hunarmandchilikning ayrim 
elementlaridan foydalanishga о‘rgatib boriladi. 
11. Mehnat ta’limi va kasb tanlashga yо‘llash darslarida о‘quvchilarni 
jismoniy tarbiyasiga e’tibor beriladi. Mashinada о‘tirishda, qо‘l ishlarini bajarishda 
ish bilan kо‘zning orasidagi masofani tо‘g‘ri saqlash, о‘tirishda gavdani tо‘g‘ri 
bо‘lishiga ahamiyat berish, xonada sog‘lom mehnat sharoitini yaratish orqali 
erishiladi. О‘qituvchi о‘quvchilarda bilim, kо‘nikma va malakani shakllantirishda 
ish sharoiti uning sog‘lig‘iga zarar etkazmasligini yodida saqlashi lozim. 
Jismoniy 
tarbiya 
kishilarga 
katta 
ta’sir kо‘rsatib, salomatligini 
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr kо‘rishga yordam beradi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin