Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1. Texnik mehnat darsining farqli xususiyatlari nimalardan iborat? 


120 
2. Mehnat ta’limi darsiga qanday didaktik talablar qо‘yiladi? 
3. Mehnat ta’limida darsdan bilim ta’limiy ishning qanday formalari 
qо‘llanadi? 
4. Mehnat ta’limi darslarining asosiy tiplarini ifodalab bering ? 
5. Mehnat ta’limi darsi qanday asosiy bosqichlardan iborat bо‘lishi mumkin? 
 
4.2.
 
Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llashni о‘qitish metodlari 
Reja: 
1. 
“Ta’lim metodlari” tushunchasining tavsifi va turlari.
2. 
Ta’lim metodlarini tanlash yо‘llari 
3. Darslarda kasb tanlashga yо‘llash ishlarining forma va metodlari.
Tayanch iboralar: 
Metod, tadqiqot, usul, darsning samarasi, о‘quv-bilish 
faoliyati, о‘z-о‘zini nazorat, og‘zaki bayon qilish metodi, hikoya, tushuntirish, 
suhbat, ma’ruza, kо‘rgazmali metod, namoyish, tushuntirish, ekskursiya, amaliy 
metod, mashq, laboratoriya, amaliy ishlar 
1.“Ta’lim metodlari” tushunchasining tavsifi va turlari.
“Metod” 
sо‘zining yunoncha tarjimasi “tadqiqot”, “usul”, “maqsadga erishish yо‘li” kabi 
ma’nolarni anglatadi. Filosofiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda 
“maqsadga erishish usullari” deya sharhlangan. Aksariyat mualliflar “ta’lim 
metodlari о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari” degan 
qarashga yon bosadilar. Demak, 
ta’lim metodlari 
ta’lim jarayonida qо‘llanilib, 
uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida 
ta’lim mazmunini о‘zlashtirish yо‘llari ifoda etiladi, о‘qituvchi va о‘quvchilarning 
о‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, birinchidan, ta’lim maqsadiga 
erishish vositasi sifatida namoyon bо‘lsa, ikkinchidan, ta’lim faoliyatini amalga 
oshirish sharti hisoblanadi. 
Ta’lim metodi deganda о‘qituvchi va о‘quvchilarning birgalikdagi faoliyat 
yо‘llari tushuniladi. Bularning yordamida о‘quvchilar bilim,malaka kо‘nikma, 


121 
kasbiy mahoratlarni egallashga erishadilar, aqliy va jismoniy kuch va ijodiy 
qobiliyat rivojlanadi. 
Didaktik jarayon tuzilmasiga kо‘ra ta’lim metodlari quyidagi uch guruhga 
ajratiladi: 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin