Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Kо‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2. Kо‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari. 
Bunday darslar 
ustaxonalarda kо‘proq о‘tkaziladi. Kо‘nikma va malakalarni shakllantirish 
darsining asosiy bosqichi о‘quvchilarning mustaqil ishlaridan iborat bо‘ladi. 
Buyumlarni tayyorlash va yig‘ishda anna shunday darslarni tashkil qilish 
maqsadga muvofiqdir. 
Dastlabki kо‘nikma va malakalarni shakllantirishga bag‘ishlangan darslar 
bilan ularni mustahkamlashga bag‘ishlangan, ya’ni takrorlash mashqlariga 
bag‘ishlangan darslarning farqini bilish kerak. Har qanday texnologik operatsiyani 
amalda о‘rganish о‘quvchilarni mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan 


117 
tanishtirishdan boshlanadi. Bu usullar avval о‘quvchilar tomonidan о‘quv 
mashqlari sifatida, keyin esa ma’lum detallarni tayyorlash jarayonida bajariladi. 
Dastlabki kо‘nikma va malakalar shu tariqa shakllantiriladi. Bu davrda 
о‘qituvchining e’tibori, asosan mehnat usullarining tо‘g‘ri bajarilishini tekshirishga 
qaratiladi. 
Takrorlash mashqlarida о‘quvchilarning mustaqilligi mehnat usullarini tо‘g‘ri 
bajarishdagina emas, balki ularni buyumning konfiguratsiyasiga va ishlov 
berishning aniqligiga qо‘yilgan talablarga bog‘liq holda tanlashda namoyon 
bо‘lishi kerak. 
Mazkur darsning asosiy vazifasi kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdan 
iborat bо‘lsa ham, bu о‘quvchilarni muayyan hajmdagi yangi bilimlar bilan 
boyitmay amalga oshmaydi. 
3. Bilimlarni amalda qо‘llash darslari.
Har qanday amaliy ishni ham tegishli 
bilimlarni qо‘llamay bajarib bо‘lmaydi. Ammo shunday hollar ham bо‘ladiki, unda 
bilimlarni qо‘llash о‘qituvchining e’tibori qaratilgan asosiy ta’limiy vazifa bо‘lib 
qoladi. 
Misol uchun modellashtirish bо‘yicha topshiriqlarni olamiz. Modellashtirish 
uchun о‘quvchilar konstruksiyalash va texnologik jarayonlarni tashkil etish 
bо‘yicha bilimlarga ega bо‘lish kerak. О‘quvchilar aniq misollar orqali 
modellashtirishning umumiy asoslari haqida bilim olishlari, modellashtirish 
jarayonii bо‘ysunadigan yagona qoidalar va talablar bilan qurollanishlari kerak. 
Modellashtirish darslarida о‘quvchilarning bilim va malakalarini amalda mohirona 
qо‘llashlari mana shuning uchun ham alohida zarurdir. 
Bilimlarni qо‘llash darslarida о‘quvchilarning mustaqil ishlari alohida о‘rin 
oladi, ammo u kо‘nikma va malakalarni shakllantirish darslaridagiga qaraganda 
birmuncha boshqacharoq yо‘sinda baholanadi. О‘qituvchini avvalo о‘quvchilar 
biror ishni bajarishda о‘z bilimlarini qanchalik mohirlik va mustaqil qо‘llay 
olishlari qiziqtiradi. Bunda о‘quvchilarning mehnat usullarini tо‘g‘ri bajarishini 
nazorat qilishni ham unutmaydi, albatta. 


118 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin