99
ishlab chiqarish bilan mashg‘ul mehnat axllariga hurmat va izzat tuyg‘ularini
singdirib borishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Kasb-hunarga yо‘llash bо‘yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va
metodlari о‘quvchilarning ongli, maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat
qilishi lozimdir.
Maktabda kasb-hunarga yо‘naltirish ishlarini yо‘lga qо‘yishda an’anaviy
amaliy mashg‘ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik о‘yin,
konferensiya, mustaqil fikrlash, mahalla, ishlab
chiqarish korxonalarining
jamoalari bilan birgalikda о‘tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik
texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.
Umumiy о‘rta ta’lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga
yо‘naltirish bо‘yicha mashg‘ulotlar 8-9-sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda
kasblar haqida “О‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yо‘nalishlari,
kasblar va ixtisosliklar tasniflagich” asosida axborot berish davom etttirilishi bilan
bir qatorda о‘quvchilarga kasb egallash yо‘llari, kasb tanlashda tibbiy
nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlik va hokazolar tushunchalari berib boriladi.
Maktab о‘quvchilarni kasb-hunarlarga yо‘naltirish birgina mehnat ta’limi
о‘qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla,
ota-onalar,
jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan о‘qituvchilari mavzuni yoritish
jarayonida kasblar bilan bog‘lab olib borishsa, maktab psihologi va rahbariyati
о‘quvchilarning indivedual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’lim-
tarbiya ishlarini olib borishganlaridagina о‘quvchilarga kasb tanlashlarida kо‘mak
bergan bо‘lishadi.
Mazkur ishlarni majmuaviy holatda tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish
maqsadida maktab doirasida KHK, tashxis markazlar, korxonalar,
mahalla va
boshqa jamoalar vakillari faol ishtirok etishlari lozim. Ularning har biri ishlayotgan
tashkilotlarining asosiy funksional faoliyati, mavqei doirasida bajarayotgan
vazifalarini biriktirilgan maktab yoki maktablararo texnik markazda xomiylik
ishlar bilan bandlar. Mazkur ishlarni ham bevosita maktab yoki maktablararo
texnik markazda maxsus ishlab chiqilgach “shartnoma”lar asosida о‘z ishlarini
100
muvofiqlashtirgan holatda amalga oshirishlari maqsadga muvofiqdir.
Mazkur
shartnomalar ikki tomonlama va kо‘p tomonlama holatda qabul etiladi, ya’ni:
1. Maktablar orasidagi;
2. Maktab va tashxis markazlar orasidagi;
3. Kasb-hunar kollejlar orasidagi;
4. Maktablar va tashxis markazi orasida;
5. Maktab, kasb-hunar kollejlar va tashxis markazi orasidagi;
6. Maktablar, tashkilot yoki korxonalar orasidagi;
7. Maktab, kasb-hunar kolleji, tashkilot va korxonalar orasidagi qabul
etiladigan shartnomalar.
Mehnat ta’limi tizimida va kasb tanlashda bajaradigan ishlardan
unumli
foydalanish uchun tashkilot, korxona va о‘quv muassasalar orasida tuziladigan
shartnomalarda о‘zaro munosabatlarni quyidagicha belgilaydilar:
1. Mehnat va kasb tanlash ishlarini yaxshilash hamda takomillashtirish;
2. Mehnat ta’limi va kasbkorlik ishlarini muvofiqlashtirish haqida uzviyligini
bog‘lash:
3.О‘quv-tarbiya hamda mehnat va ishlab chiqarish ta’limlaridan unumli
foydalanish va mujassamlashtirish.
4. Ijtimoiy foydali va unumli mehnat negizida mehnat ta’limi va kasb tanlash
ishlarini takomillashtirish hamda boshqa vazifalarning kiritilishi maqsadga
muvofiqdir. Shartnomaning mazmuni islohot talablarini amalga oshirishda
maktablar va maktablararo texnik markaz uchun zarur barcha narsalarni ham, baza
korxonalarining ana shu vazifalarni bajarish uchun real imkoniyatlarini ham
hisobga olishni ta’minlaydi. Ana shundan kelib chiqib, har bir maktab,
har bir
maktablararo texnik markazlar baza korxonalari bilan birga bir yil yoki besh yilga
ishlab chiqiladigan tadbirlarda о‘quvchilarning mehnat va kasbiy tayyorgarligining
har bir masalasi bо‘yicha ularning imkoniyatlarini nazarda tutib maktab
islohotining oxirgi bosqichigacha nimalar qilish kerakligini hisobga olish lozim
.
Baza
korxonalarida zarur moddiy resurslari bо‘lmasa, ularni rivojlantirishning
101
iqtisodiy va sotsial rejasiga islohot talablarini tо‘la qondirish uchun barcha zarur
narsalarni kiritish lozim.
Dostları ilə paylaş: