Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Xalq hunarmandchiligini rivojlanish tarixidan ma’lumot bering. 
2.
Xalq hunarmandchilik turlaridan naqqoshlik san’atining о‘ziga xos 
xususiyatlari nimalarda aks etadi? 
3.
Naqqoshlik 
san’atida qanday asbob-uskunalar va texnologiyalar 
qо‘llanadi? 
4.
Naqqoshlikda qanday naqsh turlaridan foydalaniladi? 
5.
Kashtachilik san’ati ijtimoiy hayotga qanday ta’sir etdi? 
6.
Kashtachilik san’atida qanday asbob-uskunalar va texnologiyalar 
qо‘llanadi? 
7.
Kashtachining ish joyi qanday tashkil etiladi? 
8.
Kashtachilikda qanday chok turlaridan foydalaniladi? 
9.
Kashtachilikda qanday texnik va gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak? 
10.
Kashtachilik sirlarini yoshlarga qanday о‘rgatiladi? 
3.3. Ijtimoiy foydali unumli mehnatni tashkil qilish metodlari 
Reja: 
1. Ijtimoiy foydali unumli mehnat bilan ijtimoiy foydali mehnatni farqi. 


94 
2. Ijtimoiy foydali va unumli mehnatning ta’lim-tarbiya, kasb tanlash 
samarasini kо‘tarishga qaratilgan shartnomalar 
Tayanch iboralar: 
ijtimoiy foydali mehnat, ijtimoiy foydali unumli mehnat, 
kasbiy faoliyat, chuqurlashgan hamda kengaytirilgan bilim, kо‘nikma, malaka, 
mehnat, mehnat tarbiyasi, kasbni tanlash, kasb-hunarga yо‘naltirish, kasbga 
moslashish, kasb sohasidagi tarmoqlar, kasb iqtisodiyoti, ijtimoiy kasb, ma’naviy 
kasb, kasb psixologiyasi 
1.Ijtimoiy foydali unumli mehnat bilan ijtimoiy foydali mehnatni farqi. 
Mehnat ta’limi darslarida о‘quvchilarni mehnat qilish hamda mazkur mehnatni 
ijtimoiy va unumli holatiga keltirish, unda mavjud bо‘lgan kasblarga xos 
malumotlar bilan tanishtirish, aniq kasbni tanlashga yо‘naltirish, tanlagan kasbiga 
moslashtirish hamda boshqa ta’lim-tarbiya texnologiyasi asoslariga xos tо‘xtamga 
kelib, tanlangan kasbini kasb-hunar kollejda yosh mutaxassis darajada egallash 
maqsadiga aylantirish muhim vazifalardan biridir. Ulardan birini bajarish uchun, 
qayd etilgan har bir bosqichlarga ijodiy yondoshish lozim. Unga eng avvalo 
о‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini “unumli” darajaga kо‘tarishdir. Bu 
borada ta’kidlash lozimki, о‘quvchilar bajarayotgan ish natijasi: о‘zi, sinf va 
maktab manfatini kо‘zlagan bо‘lishi kerak. Mazkur ishga sarflangan mehnat, vaqt 
bekor emas. Undan kimdir foydalanadi, qayerdadir ishlatiladi, nimanidir 
tayyorlanadi va hokazo. Bunday ishlar natijasi “ijtimoiy foydali” holatini anglatadi. 
Bu birinchidan, mehnat ta’limida о‘quvchilar bajarayotgan “ish”, tayyorlanayotgan 
har bir “buyum”, maxsuloti foydali bо‘lishi zarur. Bunday mehnatdan har bir 
ishtirok etgan о‘quvchi, sinf, maktab u yoki bu ma’noda manfatdor bо‘lishi lozim. 
Shunda “foydali mehnat” ijtimoiy xarakterga ega bо‘lib - “ijtimoiy foydali 
mehnat” ga aylanadi. 
Ikkinchidan ijtimoiy foydali mehnat jarayonida - о‘quvchilar bajarayotgan 
“ish”, tayyorlayotgan “buyum”, mahsulotlarda sarflanayotgan “vaqt”ni alohida 
inobatga olinishi zarur. Chunki har bir buyum, ish, mahsulot ma’lum vaqtda 


95 
bajarilishi lozim. Unda ma’lum bо‘ladiki, ayrim о‘quvchilar belgilagan “vaqt”da 
kо‘p ishni bajaradilar, ayrimlari belgilagan ijtimoiy mehnatdan unumli 
foydalanishni о‘rganadilar, ayrimlarning mehnati unumsiz holatda о‘tadi.
Uchinchidan о‘quvchilarni ham “ijtimoiy foydali” mehnati hamda “unumli” 
mehnatlari 
jarayonida, 
ular 
bajarayotgan 
mumkin 
qadar 
“boyitilgan”, 
“chuqurlash”gan hamda kengaytirilgan bilim, kо‘nikma, malaka keyingi kasbiy 
faoliyatlarida muhim omillardan biri bо‘lib hisoblanadi. 
Ijtimoiy foydali va unumli mehnat haqida bildirilgan fikrlardan xulosa qilib 
shuni aytish joizki, nafaqat mazkur yо‘nalishlar bо‘yicha texnika va texnologiya 
yuzasidan zamonaviy bilim olish, kо‘nikma hosil etish, malakani shakllantirish, 
о‘quvchilardan tanlagan kasbiga xos mavjud soha, tarmoq, korxona, о‘quv yurtlar, 
ish joy va boshqa talab etiladigan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-marifiy 
bо‘yicha 
zarur 
bо‘ladigan 
axborotlar 
bilan 
boyitish, 
kengaytirish, 
chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlar о‘tkazish lozim. Bunday amalga oshirilgan 
ishalr va tadbirlar kasbiy - texnologik hamda maxsus bilimlar shakllanishiga 
qaratilgan: materialshunoslik, asbob-uskunalar, stanok mashinalar, texnik-
texnologik asoslar, ishlab chiqarishni о‘zlashtirishga lozim bо‘lgan axborotlar 
ijtimoiy foydali, unumli mehnat jarayonlar mazmunini zamonlashtiradi va 
boyitadi. 
Shu omillardan biri-о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishdir. 
Shunday qilib “ijtimoiy foydali” hamda “Unumli mehnat” negizlaridan: 
qilinadigan “mehnat”, “mehnat tarbiyasi”, “kasb”, “kasbni tanlash”, “kasbga 
yо‘naltirish”, “kasb-hunarga yо‘naltirish”, “kasbga moslashish”, tanlangan “kasbga 
moslashish”, tanlangan kasb “ish joyi”, “ish jarayoni”, “ish sharoiti”, tanlagan kasb 
“sohasi”, tanlagan “kasb sohasidagi tarmoqlar”, tanlagan “kasb soha va 
tarmoqlariga xos korxonalari”, “kasb mehnati”, “kasb mehnatining mazmuni”, 
“kasb haqi”, “mehnat haqi” va shularga о‘xshash sо‘z va atamalar kо‘p ishlatiladi. 
Shuning uchun “ijtimoiy foydali mehnat” va “unumli mehnat” kabi mazkur “sо‘z” 
va “atamalar” bir-biriga moslashib mazmunlari boyitiladi, kengaytiriladi va 
chuqurlashtiriladi. Shuning uchun, mehnat ta’limi va uning negizida: kasb tanlash, 


96 
kasbga moslashish, kasb iqtisodiyoti, ijtimoiy kasb, ma’naviy kasb, kasb 
psihologiyasi hamda kasb tushunchalari mazmunlarini atroflarcha о‘zlashtirgan 
holatda fikr yuritadigan bо‘lsak, mehnat ta’limi va uni negizidagi kasb tanlash 
holatlarini, ijtimoiy foydali hamda unumli mehnatdagi tushunchalar sermazmunli 
va yakunlagan holatlari ravshan bо‘ladi. Shunda mehnat ta’limi, kasb tanlash 
jarayonlari - о‘quvchilarni mehnat qilish, kasb tanlashga tayyorgarligining tarkibiy 
qismi bо‘lib, umumiy maqsad о‘quvchilarning har tomonlama va garmonik kamol 
topishi, kasbni tо‘g‘ri tanishish, xalq xо‘jaligida mehnat ahloqiy, psihologik va 
amaliy tayyorlanishiga asos soladilar, hamda maktab islohatiga kо‘ra joriy 
etilayotgan ijtimoiy foydali hamda unumli mehnat majburiy xarakterga ega, chunki 
mehnat ta’limi hamda о‘quvchilarga kasb-hunarga yо‘naltirish mohiyati, ahamiyati 
hamda tashkiliy shakllari va amaliy holatlari bir-birlari bilan uzviy bog‘langan. 
Shuningdek, umumiy ta’lim maktablardagi ixtisoslashtirilgan mehnat ta’limi 
hamda uning negizida tashkil etilayotgan chuqurlashgan mehnat jarayoni, 
о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirilishi, ularning tayyorgarlik mashg‘ulotlarida 
tanlangan kasb bо‘yicha о‘zlashtirilgan umumtexnik, politexnik ishlab chiqarishga 
doir mehnat ta’limi, kasb-hunarga yо‘naltirish amallarga xos bо‘lishi, kо‘nikma 
hamda malakalarini mustaxkamlashdir. 
О‘tgan asarning 90 yillari о‘rtalarida qabul etilgan “О‘quvchilarning mehnat 
ta’limi va kasb tanlash maktablararo о‘quv-ishlab chiqarish markaz xaqida”gi 
Nizomga binoan maktab va ishlab chiqarish korxonasi, maktab va hunar bilim 
yurtlar hamda boshqa tashkilotlar ustaxonalarida baza korxonasining sexlari yoki 
boshqa bо‘limlarida ijtimoiy foydali, unumli mehnat topshiriqlarida ijtimoiy 
foydali, unumli mehnat topshiriqlari bilan bog‘liq ishlarni bajarib kelmoqdalar. 
Ular quyidagicha: 
- Ijtimoiy foydali, unumli mehnatni rejalashtirishda berilgan mehnat ta’limi 
yо‘nalishlariga rioya etish kerak; 
- Korxonalar va maktablararo texnik markaz ma’muriyati umumta’lim 
maktabining belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan о‘quv reja, 


97 
о‘quv dasturlariga muvofiq о‘quvchilarning ta’limi va unumli mehnatini tashkil 
etishni ta’minlaydilar. 
О‘quvchilarning ijtimoiy foydali ishlab ishlab chiqarish mehnatining aniq 
mazmunini xokimiyatlar yoki ular bilan kelishilgan holda xalq maorifi organlari
korxona va maktab rahbarlari belgilaydi. Bunda kasbiy ta’lim dasturi, mahaliy 
sharoitlar, korxonalar hamda maktablarning ehtiyojlari hisobga olinishi, 
о‘quvchilar mehnatini muhofaza qilish qoidalari va meyorlariga jiddiy rioya 
etilishi kerak. 
О‘quvchilar mehnatining tashkiliy shakllari har xil bо‘lishi mumkin, lekin 
ular ishning mazmuni va hajmiga, doimiyligi yoki vaqtinchaligiga, о‘quvchilarning 
yoshiga qarab belgilanadi. Bulardan eng asosiysi о‘quvchilarning ishlab chiqarish 
brigadasi, о‘rmon xо‘jaligi, mehnat va dam olish lageri, yuqori sinf 
о‘quvchilarining mehnat otryadi va boshqa mehnat birlashmalari, maktablararo 
markaziy korxonanig о‘quv sexidagi va maktab ustaxonasidagi doimiy yoki 
vaqtinchalik, bir xil yoshli yoki turli yoshdagi о‘quvchilardan iborat bо‘lishi 
mumkin. 
Korxonalar, maktablar va maktablararo texnik markazlari kombinatlarining 
rahbarlari 
о‘quvchilar mehnatining havfsizligi uchun shaxsan ma’sul 
hisoblanadilar. Ular о‘quvchilarining ijtimoiy foydali, unumli mehnati, xavfsizlik 
texnikasi, mehnat muxofazasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga jiddiy 
rioya qilingan holda tashkil etilishi zarurligini nazarda tutishlari kerak. Mehnat 
sharoitlari mehnat kasaba soyuzlarining sanitariya-epidemologiya xizmati, 
yong‘in, texnika inspeksiyalari va zarur hollarda davlat nazoarti bilan kelishib 
tashkil qilishi lozim. 
О‘quvchilar dastlabki meditsina kо‘rigida о‘tkazilib, ularning salomatligi 
xaqida vrachning xulosasi yozilgach, ularga mehnatning xavfsiz usullari 
о‘rgatilgach va yо‘riqnoma berilib, belgilangan formada jurnalga qayd etilgach
ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishlariga ruhsat etiladi. 
Mehnat praktikasini о‘tkazishda shuni unutmaslik kerakki, о‘quvchilarni о‘z 
yoshlariga nomuvofiq, epidemiologik jihatidan xavfli, tungi, bayram kunlaridagi, 


98 
zaharli ximikatlar qо‘llanadigan, о‘smirlar uchun belgilangan meyorlardan og‘ir 
narsalar kо‘tariladigan va tashiladigan ishlarga jalb etish taqiqlanadi. 
Kasaba uyushmalarining texnika inspeksiyasi, korxonalarining kasaba 
uyushmalari, maorif, sog‘liqni saqlash organlari о‘quvchilarning ijtimoiy foydali, 
ishlab chiqarish mehnati uchun meyor va xavfsiz sharoit yaratilishi ustida nazorat 
olib boradilar. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin