Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


 Xalq hunarmandchilik turlaridan kashtachilikda qо‘llanadigan asbob-



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

4. Xalq hunarmandchilik turlaridan kashtachilikda qо‘llanadigan asbob-
uskunalar, texnologiyalar. Kashtachining ish quroli. 
Kashta tikish uchun juda 
oddiy asboblar kerak bо‘ladi: angishvona, qaychi, gazlama, ip, santimetr, 
millimetrlangan qog‘oz, kopirovka qog‘ozi yoki sellofan. 
Ignani chо‘ziqroq kо‘zlisini ishlatish qulay. Chunki har xil qalinlikdagi iplarni 
о‘tkazish oson bо‘ladi. 
Igna – tikuv quroli bо‘lib, har xil hajm (uzun-kalta, ingichka-yо‘g‘on)da 
pо‘lat simdan о‘tkir uchli, teshikli qilib yasaladi. 
Angishvona – ish tikishda barmoq uchiga kiydiriladigan metall asbob. 
Angishvona qadimda charmdan ham qilingan. Angishvonaning usti yoki ignani 
keti qadaladigan joyi chuqurchalardan iborat bо‘ladi. U qо‘lni igna kirishidan 
saqlaydi, о‘ng qо‘lning о‘rta barmog‘iga taqiladi, uni barmoqning yо‘g‘onligiga 
qarab tanlanadi. Lekin u barmoqni siqib yoki undan tushib qoladigan bо‘lmasligi 
kerak. 


92 
Ishlash uchun uch xil: uchi ingichka, kichkina qaychi – gazlamalardagi ipni 
qirqish va tortib olish uchun; uchi qayrilgan о‘rtacha kattalikdagi «tuya bо‘yin» 
qaychi – kashta tikayotganda ip uchini qirqish uchun; katta qaychi – gazlama va 
kalava iplarni qirqish uchun qaychilar kerak bо‘ladi. Ular bir-biriga о‘rtasidan ving 
bilan biriktirilgan ikki tig‘dan iborat. Qaychilar yaxshi charxlangan, tig‘larning 
uchi tо‘la yopiladigan bо‘lishi kerak. 
Santimetr lenta - tikish ishida buyum о‘lchamini aniqlashda va gazlamaga 
bezakni rejalab joylashtirishda foydalaniladi. 
Millimetrli qog‘oz – geometrik, sanama naqsh tuzishda kerak bо‘ladi. 
Mayda bezakli gazlamada kо‘chirishda kopirovka qog‘ozi kerak bо‘ladi. 
Ayrim hollarda sellofandan ham foydalanish mumkin. 
Katta kashtalarni kosa yoki tarelkalar bilan joyini aniqlab olib, tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri gazlamaga chiziladi. 
Gazlama – bir xil rangdagi satin,shoyi, parcha, bо‘z, chit, baxmal kabi 
gazlamalar ishlatiladi. Gazlamalar rangi tikiladigan buyum vazifasiga qarab 
tanlanadi. 
Masalan: katta kashtalar uchun ochiq rangga nisbatan tо‘qroq rang tanlash 
qulay. Chunki bu kashtalarni devorga osib qо‘yilishi va kattaligi uchun 
yuvilmasligi mumkin. Changni va kirni kо‘p ma’lum qilmaydi, hamda bunday 
fonda ochiq rangli naqshlar juda yarashadi. 
Deraza pardalari ochiqroq rangda tanlangani ma’qul, xonani qorong‘i qilib 
kо‘rsatmaydi. Har qanday kashta uchun ham chо‘zilmaydigan, yuvganda rangi 
chiqmaydigan, suvga kirmaydigan, kо‘pga chidaydigan gazlamalardan foydalanish 
kerak. 
Iplar asosan kashta tikish uchun tabiiy tola (ipakdan) va sun’iy toladan qо‘lda 
yigirib tayyorlanadi. Ipak mahalliy sharoitda yetishtiriladigan pilladan quyidagicha 
bosqichlarda tayyorlab olinadi: pillani qaynatib oqlash, titib yigirish, urchiq bilan 
yigirish, chappa qilish, ipni tekislash, ranglash, ipni о‘rab kalava qilish. Sun’iy 
tolani Navoiy shahar ximiya ishlab chiqarish sanoatining chiqindisidan olinadi. 
Tabiiy tolaga qaraganda sun’iy toladan ip tayyorlab foydalanish qulay hisoblanadi. 


93 
Sababi – bu tolalar rangli bо‘lib, ranglashning hojati yо‘q, shu bilan birga yigirish 
oson bо‘lib u ham chidamlidir. 
Ipning rangining chidamliligini quyidagicha aniqlash mumkin: masalan, ip 
olayotgan vaqtda namlangan oq gazlamaga artib qо‘yish kerak. Agar rangi 
chiqmasa ipning о‘zida rang ushlash qobiliyati yaxshi hisoblanadi va ip gazlamani 
yuvganda rangini о‘zgartirmaydi. 
Agarda ipni namlangan oq gazlamaga artib qо‘rish vaqtida rangi chiqsa, 
unday iplarni yuviladigan kashtaga ishlatmasdan, katta kashtalarga ishlatish 
mumkin. 
Muline iplari chidamli, rangi chiqmaydi. Bu ipning bо‘yog‘ini chidamliligini 
tekshirish uchun ipni quyoshga qо‘yiladi: bunda ip oqarmasdan о‘z rangida qolishi 
kerak. Hozirgi vaqtda kashta tikishda jun tolali iplardan ham foydalanilmoqda. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin