Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Islimi (
1-rasm

- egri chiziqli о‘simlik tarkibiy qismlaridan iborat naqsh. 
Islimi naqshlarida quyidagilar asosiy qismlardir: novda, yaproq, gul, g‘uncha, 
kurtak, lola, qalampir, nok, anor, bodom poya va boshqalar. 
Girih 
(2-rasm)- tо‘g‘ri chiziqli qismlardan hosil qilingan geometrik shakldagi 
naqsh. Girihlar tо‘rsimon va yulduzsimon bо‘lib, yulduz qirralarining soni 
uchtadan о‘n oltitagacha bо‘ladi. 
1-rasm.
 
Islimi naqshdan namuna 
 


83 
2-rasm

Girih naqshidan namuna 
Murakkab 
- islimi va girih tarkibiy qismlarining chatishmasidan iborat 
naqsh. Murakkab naqshlar girih shakllar va о‘simlik tarkibiy qismlarining birga 
qо‘shib ishlatilishi natijasida hosil bо‘ladi. 
Naqsh chizish uchun sifatli rasm daftari, albom, oq vatman qog‘ozi, yumshoq 
va о‘rta yumshoq qora qalamlar, oq yoki kо‘k о‘chirg‘ichlar, uchburchakli yoki 
tо‘g‘ri chizg‘ichlar, sirkul kerak bо‘ladi. Chizilgan naqshni bо‘yash uchun esa 
birdan о‘ngacha raqamli mо‘yqalamlar, quruq bо‘yoq, guash, akvarelь, emulsiyali, 
mineral, tempera kabi bо‘yoq turlari, bо‘yoq qorish uchun idishchalar, aralashtirish 
uchun tayoqchalar kerak bо‘ladi. 
Naqsh turli xil material va yuzalarga ishlanishi mumkin. Naqsh ishlashga har 
qanday yog‘och ham yaravermaydi.Asosan, qayin, qora qayin, terak, qarag‘ay, 
nok, yong‘oq, DSP va boshqa yog‘ochlar tanlanadi, Naqsh ishlash uchun mos 
yog‘och tanlangandan keyin unga dastlabki ishlov beriladi va yuzasi 
tekislanadi(shpatlyovka qilinadi).
Shpatlyovka belchalar yordamida yog‘och yuzasiga bir tekisda suriladi. 
Yog‘ochning ulangan yerlari, choklari bо‘lsa, bu joylarga ikki martadan 
shpatlyovka surib chiqiladi. Shpatlyovka qurigach buyum sathi jilvir qog‘oz bilan 
silliqlanadi. Tayyorlangan yuza endi gruntlanadi. Buning uchun о‘rik yoki 
duradgorlik yelimini qizdirib, yaxshilab eritib, toza idishga doka yoki mayda 


84 
elakda suziladi. Bir oz sovugach, unga tilla yoki kumush hal solinib, aralashtiriladi. 
Bu qorishma о‘rtacha suyuqlikda bо‘lishi kerak. Tayyor bо‘lgach qorishma buyum 
sirtiga 20-raqamli mо‘yqalam bilan ilk bor fon rangida bо‘yab chiqiladi.
Naqsh chizishni avvalo mavjud naqsh namunalaridan kо‘chirib chizish 
mashqidan boshlagan ma’qul. Bunda naqsh chizish metodikasiga rioya qilinishi 
zarur. Tayyor naqshni kо‘chirib chizishdan maqsad kelgusida turli naqshlarning 
о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganish va mustaqil naqsh kompozitsiyasini chizishdir. 
Bu qiziquvchidan naqsh kompozitsiyasining muhim qismlari hisoblangan g‘oya, 
ritm, simmetriya, soya, rang kabilar haqida keng ma’lumotga ega bо‘lishni taqozo 
etadi. 
Naqqoshlik darsini tegishli fan о‘qituvchisi yoki naqqosh ustalar olib borishi 
lozim. Naqqoshlik hunari darsini yaxshi olib borish uchun о‘qituvchi zamonaviy 
didaktikani yaxshi bilishi va uni amalda ijodiy qо‘llay olishi kerak. О‘qituvchi 
о‘zining pedagogik faoliyatini quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilish 
maqsadga muvofiqdir: 
1.
Ta’lim va tarbiyaning birlik tamoyili. 
2.
Ta’limning ilmiy bо‘lish tamoyili. 
3.
Ta’limda kо‘rgazmalilik tamoyili. 
4.
Ta’limda onglilik va aktivlik, mustaqillik tamoyili. 
5.
Ta’limning tizimli va izchil bо‘lishi tamoyili. 
6.
Ta’limda ilmiy bilim, kо‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam 
о‘zlashtirish tamoyili. 
7.
Ta’limning о‘quvchilarga mos bо‘lish tamoyili. 
8.
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bо‘lish tamoyili. 
9.
Qatnashuvchilar kollektivga ta’lim berish jarayonida har qaysi 
о‘qituvchilarga xos-xususiyatlarni hisobga olib о‘rgatish tamoyili. 
Bu borada ta’kidlash zarurki, о‘quvchi maktabni bitirib qaysi kasbda 
ishlamasin, bir hunar egasi bо‘lib qoladi. Bu hunar orqali kelajakda о‘z iqtisodini 
yaxshilashi mumkin, shu hunar orqali ilm о‘rganishi mumkin. Bundan tashqari 
kelajakda bu bola madaniyatli va san’atdagi, hayotdagi gо‘zalliklarni seza bilish, 


85 
bu gо‘zallikni yarata olish kо‘nikma va malakalari shakllanadi. Naqshlarni 
о‘qishni о‘rganadi, gо‘zallikdan bahra olishga о‘rgatadi. Xullas, о‘quvchilar 
voqealikka tо‘g‘ri baho berishga va undan tо‘g‘ri xulosa chiqarishga о‘rganadilar. 
Mashhur chexoslovakiyalik donishmand, insonparvar-pedagog Yan Amos 
Komenskiy о‘zining «Buyuk didaktika» asarida yoshlarga hunar о‘rganish haqida 
bunday degan edi: «Hunarmand о‘z shogirdiga о‘z kasbini о‘rgatish uchun ma’lum 
muddat belgilaydi. Ikki, uch yil va hokazo. Muddatning qisqa-uzoqligi kasbning 
oddiy-murakkabligiga bog‘liq bо‘ladi. Shogird kasb-hunarni shu muddatda 
о‘rganib olishi zarur. Har bir shogird shu kasb sohasida ustaga yordamchi bо‘lib 
ishlay boshlaydi va bir oz vaqt о‘tgach, usta bо‘lib oladi». Maktabda ham 
о‘quvchilarga hunar о‘rgatish sohasida ham tartibga rioya qilish kerak. 
Belgilangan muddatda, ya’ni 5-9 sinflarda bola hunar о‘rganadi, u ahloqli va 
madaniyatli bо‘lib shakllanadi. Bu haqida sharq olimlari xalq donishmandlari va 
xalq pedagogikasi yillar va asrlar davomida о‘z tajribalarini о‘tkazganlar. 
Naqqoshlar hunarini maktablarda о‘rgatishda tо‘garaklar tashkil etib, 5,6,7-
sinflarda haftasiga 2 soatdan, yil davomida har bir sinfda 64 soatdan vaqt ajratib 
о‘rgatish mumkin. Tо‘garak mashg‘ulotlari uchun belgilangan dastur quyidagi 
vazifalarni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan: 

о‘quvchilarga naqqoshlik hunarini о‘rgatish; 

naqqoshlik hunari tarixi va uning maktablari bilan yaqindan tanishish; 

naqqoshlikda naqshni qog‘ozdan yog‘ochga, yog‘ochdan bino devorlariga 
naqsh ishlashni о‘rgatish; 

о‘quvchilarni san’atga va hunarga bо‘lgan qiziqishini oshirish; 

ularni kelgusida axloqli, bilimli va madaniyatli kishi bо‘lib yetishtirish. 
Naqqoshlik hunari ustaxonasi uchun katta va kichik xona ajratilgan bо‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. Chunki katta xonada dars о‘tiladi, kichikroq xonada esa 
asbob-uskunalar va ba’zi bir duradgorlik ishlari bajariladi. 
Maktabda naqqoshlik hunari tо‘garaklaridagi mashg‘ulotlar davomida 
о‘quvchilar quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
- naqqoshlilik hunarini hayotdagi roli va uning ahamiyati; 


86 
- naqqoshlikda ishlatiladigan materiallar, bо‘yoq turlarida ishlay olish; 
- har xil mо‘yqalamlarda ishlay olish; 
- naqsh turlari va ularning elementlarini yaxshi chiza bilish; 
- о‘simliksimon, geometrik, ramziy va boshqa naqsh kompozitsiyalarini tuza 
bilishi hamda ularni hohlagan kaloritda ishlay olish; 
- ish о‘rnini toza tutish, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va gigiyena 
qoidalarini bilish; 
- murakkab shakldagi buyumlarga naqsh ishlay olish; 
- binolarni naqshlar bilan bezay olish; 
- ish о‘rnini va ishning eng ilg‘or metodlarini tashkil etishni bilish; 
- murakkab bо‘lmagan xalq amaliy bezak san’ati asarlarini о‘qiy olish va 
ularni tahlil qila olish; 
- naqsh tilini bilish; 
- naqqoshlik maktablari va ularni о‘ziga xos farqlarini bilish; 
- О‘zbekistondagi naqqosh xalq ustalarini va qisman bо‘lsada, chet El 
naqqoshlarining hayoti va ijodini yaxshi bilish; 
- О‘zbekistonda hunarmandchilik turlarini hammasini bilishi lozim. 
Naqqoshlik darslaridan tashqari quyidagi ishlarni ham uyushtirish maqsadga 
muvofiqdir: 
1. Muzeylarga, xalq ustalarining ustaxonalariga, kо‘rgazmalarga va boshqa 
joylarga sayohat qilish. 
2. Hunarmand ustalari, san’atshunos, tarixshunos va boshqa olimlar bilan 
uchrashuvlar о‘tkazish. 
3. О‘quvchilar ishlaridan kо‘rgazmalar tashkil etish. 
4. «Yosh naqqoshlar» degan devoriy gazetalar chiqarib turish. 
5. «Mohir qо‘llar», «Bizning ustalar», «Gо‘zallik soxibkorlari», «Mashxur 
naqqoshlar» mavzularida stendlar tashkil etish. 
6. Yosh naqqosh ustalar, hayoti va ijodiga bag‘ishlab ijodiy jurnallar 
tayyorlash. 
7. Tanlovlar о‘tkazish. 


87 
8. Viktorinalar tashkil etish. 
9. Olimpiadalar о‘tkazish. 
10. Slaydlar, videofilmlar, kinofilmlar namoyish qilish. 
11. Me’morchilik obidalari muzey yoki naqqoshlar ish obyektiga borish va 
ustalarni ishlaridan nusxa olish. 
12. Hunarmandlar ishlaridan fotonamunalar saqlash uchun alohida 
papkachalar tashkil etish. 
Bu ishlarni о‘qituvchi о‘z sharoitidan kelib chiqib, ish rejasi asosida olib 
boradi. 
Beshinchi sinfda о‘quvchilarga naqqoshlik san’ati tarixi, uning maqsad va 
vazifalari, hunar nima, hunarmandchilik, usta va shogirdning vazifalari, naqqoshlik 
hunarini yoshlarga о‘rgatishning milliy an’analari, inson hayotida naqqoshlik 
hunarining roli haqida о‘rgatiladi. Naqqoshlik ishlatiladigan asbob-uskunalar, 
materiallar hamda ulardan tо‘g‘ri foydalanish о‘rgatiladi. Turli jahon xalqlaridagi 
naqshlarning bir-biridan farqi va о‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. 
Ayniqsa, naqqoshlarimiz naqshlar orqali, ya’ni naqsh tili bilan unsiz ovozda 
gapirilishi, har bir naqsh elementi ramziy ma’no anglatadi. Naqsh elementlarini 
chizish о‘rgatiladi. Shundan sо‘ng о‘quvchilar oddiy naqsh namunalarini chizib, 
mashq qiladi. Bu naqsh namunalarini 5-6 marta katak daftarda chizib mashq 
qiladilar. Ular 10 ta naqsh namunalarini chizishni mashq qilgandan keyin albom 
varag‘ida ikki nusxadan chizib qо‘yadilar. Chunki bо‘yash uchun tayyorlab 
qо‘yiladi.
Oltinchi sinfda о‘quvchilar beshinchi sinfda qalamda obdon chizishni mashq 
qilib о‘rgangan о‘nta namunalarini bо‘yashni о‘rganadilar. Avval barcha 
о‘quvchilarga rangshunoslik bо‘yicha suhbat о‘tkaziladi. Suhbatda rang haqida 
umumiy tushuncha, ranglarning paydo bо‘lishi, ranglar nomi, uning turlari va 
tizimdagi ahamiyati, ranglarning inson ruhiga ta’siri va boshqalar о‘rgatiladi. 
О‘quvchilarga bо‘yoq turlari va ular bilan ishlash texnologiyasi batafsil о‘rgatiladi. 
Bо‘yoq bilan ishlash texnologiyasida bir nechta qiziqarli mashqlar bajariladi. 
Bо‘yoq va mо‘yqalamlar bilan ishlashni о‘rganib bо‘lingandan sо‘ng 10 ta oddiy 


88 
naqsh namunalarini ranglashga о‘tiladi. Bu naqshlarni oddiysidan boshlab bо‘yab 
mashq qiladilar. Bо‘yashda naqshlarning katta va kichik zaminlarini bо‘yashga 
о‘rganadilar. Keyin esa naqshlarning gul va barglariga rang berishni, naqshlarni 
novdasiga rang berilgandan sо‘ng naqshlar pardoz qilinadi. Pardoz berishda naqsh 
barg va gullariga taroq chiziqlar tortiladi. Bundan sо‘ng naqshning oq bandi va 
obisi tortiladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin