Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Kashtachilik an’analariga ijtimoiy hayotning ta’siri



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

3.Kashtachilik an’analariga ijtimoiy hayotning ta’siri.
Jamiyat qanday 
о‘zgarishlarga uchramasin, unda yoshlarni mehnatga tayyorlash muammosi eng 
asosiy masala hisoblanadi, zeroki uning ravnaqi yoshlar bilan, yoshlarning 
mehnatga, hayotga tayyorgarlik darajasi bilan о‘lchanadi. Shunday ekan mustaqil 
respublikamizning kelajagini yaratishda kasbni mukammal о‘rganib olgan yoshlar 
nihoyatda zarurdir. Bu borada biz murabbiylar oldida ulkan vazifalar turadi.Chunki 
tarbiyalab yetishtirgan yoshlar respublikamiz kelajagini yaratadi. Shuning uchun 
har bir о‘qituvchi о‘z kasbini sevsa, о‘z ustida muntazam ravishda ishlasa, hamisha 
izlanishda bо‘lsa oldimizdagi maqsadga erishishimiz mumkin. 
Hozir respublikamizda о‘qitilayotgan merosimiz bо‘lgan xalq amaliy 
san’atiga bо‘lgan e’tibor kuchayib ketdi. Agar biz ota-bobolarimizdan meros 
bо‘lgan xalq amaliy san’atimizni tо‘liq egallab olsak, boshqa respublikalardan olib 
kelinadigan xom ashyo masalasi о‘z о‘zidan yechiladi. О‘zimizni о‘zimiz xom 
ashyo bilan ta’minlay olamiz. 
Kashta tikuvchi hunarmand - kashtadо‘z yoki kashtachi deb ataladi. 
Kashtadо‘zlik ayollar hunari bо‘lib, kashta mashinasi yaratilishi munosabati bilan 
mashinada erkaklar ham kashta tikadigan bо‘ldilar. Mashinada yо‘rma chok bilan 
kashta tikiladi, lekin mashina gullarning mayda detallarini aks ettira olmaydi, 
mashina kashtasining sifati ham qо‘lda tikilgan kashtadan ancha past. Shunga 
qaramay mashina bilan tikish oson va ish tez bajarilishi tufayli keyingi paytlarda 
mashina kashtasi kashtadо‘zlikda katta о‘rin egalladi. Kashtachilik amaliy bezak 
san’atining qadimiy sohalaridan biri. Arxeologiya materiallari kashtaning deyarli 
barcha xalqlarda qadimiyligini, u iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda 


89 
har bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning ta’siri 
ostida rivoj topganini kо‘rsatadi.
Hozirgi kunda respublikamizning shahar va qishloqlarida ijtimoiy hayotning 
о‘zgarib borishi bilan kashta tikish kamayib ketgan. Masalan, qizlar yildan-yilga 
magazin va bozorlardan tayyor tikilgan kashtalarni olishga о‘rganib qolishgan. 
Tikkan taqdirda ham, asosan yostiq uchun koshaklar, sanoqli belbog‘ va qо‘l 
rо‘molchalar, sochiq tikishlari mumkin. Katta-katta buyumlar masalan: sо‘zana, 
zardevor, parda tikish qolib ketgan.
Xotin-qizlar kashta tikish, gilam tо‘qish, chopon tikish bilan davlat va uy-
rо‘zg‘or yumushlaridan bо‘sh vaqtlarida band bо‘ladilar. Bozor iqtisodiyoti ta’siri 
bilan, yildan-yilga tikiladigan kashtalar soni ham, turi ham kо‘payib bormoqda, 
sifati esa yaxshilanmoqda. Qizlarimizning qanchalik chevarligi, mehnatsevarligi, 
didi ular tikkan kashtalardan ma’lum bо‘ladi. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin