Bilimlarni mustahkamlash uchun savollar
1. Mehnat ta’limining qanday maqsad va vazifalari bor?
2. 5-7 sinflarda “Texnologiya va dizayn” yо‘nalishi bо‘yicha qanday mehnat
tayyorgarligi kо‘riladi?
3. 5-7 sinflarda “Servis xizmati” yо‘nalishi bо‘yicha qanday mehnat
tayyorgarligi kо‘riladi?
4. 5-7 sinflarda “Qishloq xо‘jaligi asoslari” yо‘nalishi bо‘yicha qanday
mehnat tayyorgarligi kо‘riladi?
5. 8-9sinf yо‘nalishlar bо‘yicha kasbiy tayyorgarlikkacha bо‘lgan tayyorgarlik
mazmunini izohlang.
6. 8-9 sinf о‘quvchilarini kasb-hunarga yо‘naltirish ishlari qanday amalga
oshiriladi?
7. Xalq xо‘jaligi soha va tarmoqlarida mavjud kasblar nechta tizimga
bо‘linadi?
77
3.2. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bо‘limini
о‘qitishni tashkil qilish
Reja:
1. Xalq hunarmandchiligining metodologik va tarixiy asoslar
2. Xalq hunarmandchilik turlaridan naqqoshlik san’ati va ularda qо‘llanadigan
asbob-uskunalar, texnologiyalar
3. Kashtachilik an’analariga ijtimoiy hayotning ta’siri.
4. Xalq hunarmandchilik turlaridan kashtachilikda qо‘llanadigan asbob-
uskunalar, texnologiyalar.
Tayanch iboralar:
xalq amaliy bezak san’ati, naqqoshlik san’ati, naqshli
bezaklar, me’morchilik va xalq amaliy san’ati yodgorliklari, badiiy va madaniy
meros, olti-sakkiz qirrali stol, quticha, ramka, shamdon, islimi naqsh, girih naqsh,
murakkab naqsh, hunarmand – kashtadо‘z, sо‘zana, choyshab, oynaxalta,
choyxalta, tuzxalta, palak, sо‘zana, joynomoz, qaytma chok, suv chok, iroqsimon
chok, yо‘rma chok, popop chok
1.Xalq hunarmandchiligining metodologik va tarixiy asoslar.
О‘zbek
xalqining kо‘p asrlik tarixidan ma’lumki, xalq amaliy bezak san’ati va
hunarmandchilik boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va
ommaviy qismini tashkil etadi. О‘zbek diyorida vujudga kelib, gullab-yashnagan
amaliy san’at bemisol va betakrorligi bilan dunyoga mashhur bо‘lib kelmoqda.
Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bо‘lsak, о‘zbek
amaliy san’ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya’ni ibtidoiy
jamiyatga borib tarqalishning guvohi bо‘lamiz.
Badiiy idrok qobiliyati kishilarda, о‘quvchilarda olamni, undagi mavjudotlar,
narsalar va voqea-hodisalarni, atrof muhitdagi shakllar va ranglarning turfa shakl-
shamoilida aks ettirishga havas uyg‘otadi. Shakl va ranglarning real hamda
stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va о‘z navbatida
odamlarning kundalik turmushidan о‘rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning
turli-tuman shakllari va turlari paydo bо‘ldi. Boshqa san’atlarga nisbatan, bunday
naqshli bezaklar kо‘pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari
78
bor. Ma’lumki, islom mamlakatlarida mavjudotlar tasviri ishlanmagan, balki,
tasviriy san’atga chuqur falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish,
rasmiylikka asoslangan badiiy bezak asarlarini yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy
haqiqat о‘zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bо‘lganki,
hozirda jahonda mashhur me’morchilik yodgorliklarimiz va ulardagi ganchkorlik,
koshinkorlik, naqqoshlik, hattotlik, toshtaroshlik va boshqa turlardagi san’atlarning
ajoyib darajada uyg‘unlashganligida kо‘rinadi. Uning negizida murakkab,
izlanuvchan, ijodkorlik mehnat mavjud. Misol uchun: Samarqand, Buxoro, Xiva,
Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qо‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik va
xalq amaliy san’ati yodgorliklari о‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol,
takrorlanmas va tarixan bebaho san’at asarlarining namunalari bо‘lib, xalqimizning
va shu bilan jahon madaniyatining durdonalaridan bо‘lgan badiiy va madaniy
merosini tashkil etilganidan xabardor bо‘lamiz.
Xalq amaliy san’ati kishilarning ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini
shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun о‘zbek xalqi amaliy san’ati
kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy ruhda tarbiyalaydi.
О‘zbek xalq san’ati qadimiyligi, hamda boy madaniyati bilan butun dunyoga
mashhur. Uning yer yuzasi va tuproq osti qismi ulkan bir tarixiy muzey.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg‘ona va boshqa shaharlardagi
har bir tarixiy obida, har bir xalq amaliy san’ati namunasi bobokalonlarimiz
yaratgan barkamol, takrorlanmas, teran mazmunli va tarixan bebaho san’at asarlari
jahon madaniyatining durdonalaridan bо‘lgan badiiy va ma’naviy merosini tashkil
etadi.
Asrlar davomida orttirilgan va madaniy boyligimiz, xususan, shо‘ro tuzumi
davrida о‘zbek milliy xalq amaliy bezak san’atining eng kо‘p rivojlangan
turlaridan ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och о‘ymakorlik, toshtaroshlik, suyak
о‘ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik , zardо‘zlik,
gilamchilik kabi turlarning о‘ziga xos tomonlari, bajarish texnologiyasi, haqiqiy asl
nomlari, о‘ziga xos maktablari, uslublari yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin
yо‘qolib ketish xavfi ostida qoldi. Bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda
79
xalqimizning asrlar bо‘yi yaratgan mehnati natijasida yaratilgan amaliy bezak
san’atini kо‘z qorachig‘idek saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish,
yoshlarga о‘rgatish orqali ularning estetik didini о‘stirish hamda yuksak
madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar ochildi.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy,
Nosir Xisrav, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur kabi jahonga mashhur
olim, shoir va musavvirlar xalqimizni gо‘zallikka intilishga chaqirgan.
Bobomiz Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar
yordamiga tayanib matematika, geometriya, me’morchilik, astronomiya, adabiyot,
tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’at va hattotlik kabi san’at asarlarini
rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. Shaharlarni har tomonlama chiroyli va
ulug‘vor qilishga intildi. Jumladan, tosh hamda g‘isht yо‘llar, keng katta ravon
kо‘chalar qurdirgan. Bir-biridan mahobatli binolar soldirgan. Samarqandning
Registon maydonidagi Ulug‘bek, Sherdor va Tilla Qori madrasalari, Shoxi Zinda
va Gо‘ri Amir ansambl maqbaralari, Bibixonim masjidi, Buxoroda Ismoil Samoniy
maqbarasi, Toshkentdagi Kо‘kaldosh madrasasi, Shahrisabzdagi Oq Saroy va
boshqalar bugungi kunda dunyoga mashhurdir.
Amir Temur va Temuriylar davrida xalq san’ati hunarmandchiligi qolaversa
madaniyati yuksak darajada rivoj topdi. Temurning amri bilan turli
mamlakatlardan ustalar, me’morchilar olib kelinib ajoyib takrorlanmas binolar
qurilgan va bog‘u-rog‘lar barpo etilgan.
Ayniqsa Temur о‘z onasiga bag‘ishlab qurdirgan Oqsaroy tarixning bir
bо‘lagi bо‘lib qoladi. Uni 1379 yilda Temurning amri bilan qurdirilgan.
Ma’lumki, о‘zbek xalq amaliy bezak san’atining eng rivojlangan turlaridan
biri naqqoshlikdir.О‘zbekiston territoriyasidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm,
Sо‘g‘d, Baxtriya va boshqa naqsh san’atini rivojlanganligi ma’lum. Olimlarimiz
Surxandaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II – asr), Dalvarzintepa (I-asr)
qazilmalaridan topilgan, rasm, naqsh qoldiqlari orqali buni isbotlab berganlar,
Xorazmdagi Tuproqqal’a zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizga
80
ma’lum. VI-VII asrlarda qasrlar va boylarning uylari naqshlar hamda tasvirlar
bilan bezatilgan.
IX-X-asrlarda О‘rta Osiyoda naqqoshlik san’ati avj olib rivojlandi.
Arxitekturada g‘isht qolipli naqsh solish yuksak rivojlandi, binolarning ichki
tomonlariga ganch, yog‘och о‘ymakorligini qо‘llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa,
maktablarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch naqshlar bilan nafis bezatilgan.
XVIII asrning oxiri XIX asrda Qо‘qonda, Farg‘ona, Buxoro kabi shaharlarda
yetuk ustalar yetishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik, chilangarlik va
boshqa san’at turlari rivojlandi.
Qadimda hunar о‘rganish muqaddas sanalgan. Har bir xalq kelajak avlodlarga
о‘zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadrlangan. О‘zbekiston qadimda
hunarmandlar markazi bо‘lgan, desak xato qilmagan bо‘lamiz. Masalan, Andijon
viloyatida Shahrixonda, Samarqand viloyatida Urgutda, Farg‘ona viloyatida
Qо‘qon va Marg‘ilonda, Namangan viloyatida Chustda xalq hunarmandchiligi
gullab yashnagan. Hunarmandlar ma’lum bir davrlarda mahallalarga bо‘linib
shug‘ullanganlar, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb
yuritilgan. О‘sha davrlarda yana misgarlik, zargarlik, buyrachilik, sandiqchilik,
pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik mahallalari ham mavjud bо‘lgan. Masalan,
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda buyrachi mahallasi bо‘lib, u yerda
umuman Buxorodagi buyra tо‘qiydigan ustalar yashagan. Buyrachi mahallasida
120 ta oila yashagan.
Har bir kasbkorlik mahallasida qо‘ni-qо‘shnilar о‘rtasida raqobat bо‘lgan.
Chunki kimning mahsuloti sifatli bо‘lsa, xalq о‘shaning ishlab chiqargan
mahsulotini sotib olgan. Shuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga
intilgan. Har bir ustaning о‘z rastasi bо‘lgan. Bozorda odatda bozor begi bо‘lgan.
U barcha rastalarga keltirilgan mollarni kuzatib ularga narx belgilab chiqqandan
keyin savdo-sotiq boshlanar edi. Sifatsiz mahsulot ishlagan ustaning bozori
kasodga uchragan.
Naqqosh о‘tmishda xalq ustalarining eng bilimdoni hisoblangan. Chunki ular
madrasada tahsil olib adabiyot, tarix, musiqa, matematika, kimyo fanlarini yaxshi
81
bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-avlodga о‘tib kelgan. Qadimdan
naqqoshlar naqsh yaratish sir-asrorlarini usta bо‘lganlaridan sо‘ng ular ham о‘z
shogirdlariga о‘rgatganlar. Shunday qilib, naqqoshlik kasbini hunarmandchilikka
asos qilib an’ana tariqasida rivojlantirib kelganlar. Zamonamizda naqqoshlik yosh
avlodga: mehnat ta’limining turi, tо‘garak, kasb shaklida о‘rgatilmoqda. Aslida
naqqoshlikni о‘rgangan о‘quvchi-shogird xalq hunarmandchilikning boshqa soha,
tarmoq kasblarni ham о‘zlashtirishi osonlik bilan amalga oshgan. Chunki halq
badiiy hunarmandchiligi sohalari: ganch, о‘ymakorlik, yog‘och, tosh va suyak
о‘ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, kulolochilik, sandiqsozlik, beshiksozlik,
pichoqchilik, zargarlik, chilangarlik, chopon tikish, kiygiz bosish, dо‘ppidо‘zlik,
sharq miniatyurasi, rixtagarlik, zardо‘zlik, patdо‘zlik, kashtachilik, chitgarlik, savat
tо‘qish, bо‘yrachilik, gilam tо‘qish va boshqa shu guruhga kiradigan badiiy
hunarmandchilik kasblarini о‘rganish texnologiyasida naqqoshlik asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |