Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

Mahalliy kashtalarimiz haqida. 
Bizning mahalliy kashtalarimizda xotin-
qizlar hozirgi vaqtda quyidagi kashta turlarini tikib kelyaptilar: 
Palak
- qо‘lda yoki mashinada kashta tikib tayyorlanadigan badiiy buyum. Uy 
ichini bezash uchun devorga osib qо‘yiladi. Kashtachilikning eng yirik va qimmatli 
buyumi hisoblanadi. Palakda osmon va tо‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda malla 
bо‘zga kashta tikib tayyorlashgan. U sо‘zanadan gullarning yirikligi, zamini ham 
kashtada sidirg‘a kо‘rinishi bilan farq qiladi. Palakning о‘rtasiga yirik oy tasviri 
qizil, qirmizi, pushti ipak bilan tikiladi va atrofii chiroyli qilib islimiy naqshlar 
bilan bezaladi. Islimiy – chirmashib ketgan о‘simlik naqshlaridir. Nurota 
palaklari(sо‘zanasi) 10 mm li qalin va chidamli gazlamadan tikilib, ikki qator 
aylanali gullar, har xil shakldagi katta-kichik barglar, jingalaklar, g‘unchalar bilan 
chizib tikiladi. 
Chizmakash bu gullar о‘rnini tо‘g‘ri tо‘rtburchaklarga bо‘lib olgach kosa, 
piyola kabi narsalar bilan belgilab oladi va chizib chiqadi. 
Eng chetidagi ikki qator yо‘l ichiga esa takrorlanuvchi kichik islimiy gullar 
bilan tо‘ldirib chiziladi va tikiladi. 
Sо‘zana
– sidirg‘a matoga gul tikib tayyorlangan, devorga osiladigan bezak 
buyumi bо‘lib, satin, baxmal, shoyi, parcha kabi matolarga turli choklar bilan 


91 
tikiladi. Mato rangidan, kashta zamini sifatida foydalanishi bilan, kichikligi bilan 
palakdan farq qiladi. Uning kashta bezagi asosan islimiy naqshlar bо‘lib, 1 ta 
tо‘g‘ritо‘rtburchak ichiga asosiy gullar ( aylanali, kо‘p qirrali yulduzlar) chiziq 
tikiladi. Atrofii kichik о‘lchamdagi takrorlanuvchi islimiy naqshlar bilan 
tо‘ldiriladi. Yо‘llar, chiziqlar suvli choklar bilan (obi) tikiladi. 
Joynamoz – 
namoz о‘qiladigan tо‘shama bо‘lib, matodan tо‘rtburchak 
shaklda tayyorlanib, bosh tomoniga mehrob tasviri tikiladi. Bu joynamozlar 
qizlarimiz sepida 3 ta bо‘lib, 1 tasi qaynotasiga, ya’ni kuyovning dadasiga sovg‘a 
qilinadi, 2 tasi о‘zining о‘yidagi taxmonni ya’ni sandiq ustiga yig‘ilgan kо‘rpa-
tо‘shakni changdan saqlashi va bezatib turishi uchun tikiladi. 3 metr gazlama 
ketadi. Masalan: och va iliq ranglar tuk va sovun ranglarga qaraganda yaqinroq 
kо‘rinadi. 
Iliq ranglar buyumni kattalashgandek, sovuq ranglar kichiklashgandek 
kо‘rsatadi. Shuning uchun kashta tikishda gulni fondan ajralib turishi uchun ochiq 
ranglardan foydalanish kerak. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin