102
bо‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bо‘ladi.
Pedagogik jihatdan tо‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh о‘yin, mehnat,
о‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatadi. Shaxs ulg‘aya
borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan о‘zgarib boradi, turli yosh
davrlarida esa faoliyat turlari ham о‘zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida о‘yin,
о‘quvchi hayotida о‘qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga
egadir.
О‘quvchilarning rivojlanishida о‘quv jarayonlarining ahamiyati va ta’siri
beqiyos kattadir. Bilimlarni о‘zlashtirish ularning tafakkurini о‘stiradi, ijodiy
qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bо‘lib qoladi. Bu jarayonda ularda
ijtimoiy xulq normalari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bо‘lishidan qat’iy nazar,
ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa,
mehnat
insonning ham jismoniy, ham ma’naviy kamol topishida muhim manba
hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada
bо‘ladilar, о‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini kо‘ratishga harakat qiladilar.
Mehnat orqali shaxsning axloqiy
sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik,
mas’uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular о‘z-о‘zini tarbiyalashga astoydil
kirishadilar. О‘z-о‘zini
tarbiyalashga ota-ona, о‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri
yanada samarali bо‘ladi.
Kishi tug‘ilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bо‘lib qoladi. Uning
xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig‘indisi ya’ni tevarak-
atrofdagi
odamlarning unga munosabati, namuna kо‘rsatishlari, mafkuralari, о‘z
faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta’sirida shakllanadi. Albatta, ijtimoiy omillar
inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta’sir kо‘rsatadi. Pedagog
bolaning muayyan rivojlanish
davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe’l-atvorini
belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta’sir kо‘rsatishini bilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: