A R / R к = ^ л т Bu koeffitsient tenzorezistor elektr qarshiligi nisbiy o'zgarishi A R/R ni shu
o'zgarishning vujudga kelishiga sababchi bo'layotgan material nisbiy deformatsiyasiga
s=AC /
С nisbatiga tengdir, bu yerda
С — o'tkazgichning uzunligi.
Tenzorezistorlami yasashda odatda mis va nikelning qotishmasidan
foydalaniladi. Qurilish konstruksiyalarini sinashda sim, folga va
yarimo'tkazgichJardan tayyorlangan tenzorezistorlardan foydalaniladi.
Halqali sim tenzorezistorlar (4.20-rasm, a) diametri 12 — 30 mk bo'lgan
ingichka simdan tayyorlanib, inshootlami sinashda tenzorezistorlarning asosiy
turlaridan biri sanalgan. Bunday tenzorezistorlarning bazasi 5 dan 100 mm
gacha bo'lib, ulami yasash ham, ishlatish ham qulay. Biroq ularda
ko'ndalang sezuvchanlikning mavjudligi
bo'ylama o'q bo'ylab sezuvchanlikning pasayishiga
olib keladi. Tenzorezistorning to'g'ri chiziqli simlarini bir-biriga bog'laydigan
yarim halqa ko'rinishidagi qismida ko'ndalang deformatsiya ta’sirida ko'ndalang
sezuvchanlik paydo bo'ladi, bu esa o'z navbatida tenzorezistorning bo'ylama
o'qi bo'ylab yo'nalgan simlar sezuvchanligiga salbiy ta’sir etadi.
Halqasiz kam qarshilikli mis perimichkali tenzorezistorlar (4.20-rasm,
b) bu nuqsonlardan xoli.
Hozirgi paytda qalinligi 4 — 6 mk dan ortiq bo'lmagan
metall folgadan tayyorlangan tenzorezistorlar borgan sayin ko'payib bormoqda (4.20-rasm,
d). Bunday tenzorezistorlarga tajriba shartlari talab etgan istalgan shaklni
berish mumkin. Ko'ndalang sezuvchanligi past bo'lganligi hamda
tenzotolalaming yassi kesimliligi sababli yopishtirish sirti ancha katta bo'ladi,
buning natijasida ishlash sharoiti ham yaxshi bo'ladi.