Yarimo ‘tkazgichli tenzorezistorlar (4.20-rasm, g) yuqorida ko'rib o'tilgan
turlarga nisbatan tenzosezuvchanligi ancha yuqori, ammo deformatsiya hamda
harorat o'zgarishi o'lchash natijalariga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Lekin shunga
qaramasdan yuqori sezuvchanligi tufayli turli xil o'lchash asboblarining
elastik elementlarida (masalan, dinamometrlarda) samarali foydalaniladi,
aytilgan kamchiliklar esa qoplanib ketadi.
Haroratning o'zgarishidan kelib chiqadigan xatoliklaming oldini olish uchun
kompensatsiyalovchi (qoplovchi) tenzorezistorlar o'matiladi. Agar buning iloji
bo'lmasa, o'zini o'zi kompensatsiya qiluvchi tenzorezistorlardan foydalaniladi.
55
Bunda material quyidagi shartni qanoatlantirishi lozim boMadi: p = ( a m - a ()) K , bu yerda /? — tenzoip qarshiliklarini o'zgarish koeffitsienti; ccst — kuzatilayotgan materialning temperature kengayish koeffitsienti; a r — tenzorezistor materialining temperatura kengayish koeffitsienti; К — tenzorezistorning tenzosezuvchanlik koeffitsienti. 4.5.2. 0 ‘lchash ishlari Tenzorezistorlarning qarshiliklari juda kichik miqdorlami (omning mingdan bir ulushlarini) tashkil etadi. Shu sababli kichik qarshiliklarni oMchashda ko‘pincha ko‘priksimon sxemalardan foydalaniladi (4.21-rasm). Ko‘prikning tashqi yelkasiga kuzatilayotgan deformatsiyani qabul qiluvchi qarshiligi RI boMgan «ishchi» tenzorezistor va qarshiligi R, = R2 boMgan «kompensatsiyalovchi» tenzorezistor kiradi. Ichki yelkalai^a qarshiligi R3 va R4 boMgan tenzorezistorlar ulangan. Ma’lumki, ko‘prik muvozanatda turishi uchun quyidagi shart qanoatlantirilishi lozim: R, R
4 = R
2 R