«Научный импульс» апреля, 02 1489 «jismoniy sifatlarni tarbiyalashda harakatli o‘yinlarni qo‘llash uslubiyati» Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi



Yüklə 71,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü71,95 Kb.
#209083
1   2   3   4   5   6
Xalimova Madinabonu Xusanboy qizi


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1490 
O‘quvchilarda harakatli o‘yinlarni mustaqil holda tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur 
bilim va malakalar hosil qilish.
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda o‘qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi 
vazifasi juda mas’uliyatlidir (I.M.Korotkov, 2009; L.V.Bileeva 2005, 2009; T.U.Usmonxo‘jaev, 
1992).
Darsda, 
shuningdek, 
turli 
o‘yinlarni 
o‘tkazish 
jarayonida 
o‘rganiladigan 
materiallarning metodik jihatdan izchilligiga alohida e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. 
Chunki izchillik birinchidan, darsning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini to‘g‘ri hal qilish, 
ikkinchidan, dars materiallarini to‘liq o‘tishga erishish, uchinchidan, butun dars davomida 
har bir mashqni muayyan me’yorida amalga oshirish imkonini beradi.
Darsning boshida yoki o‘rtasida zo‘r e’tibor berishni va o‘zaro muvofiq murakkab 
harakatlarni qilishni taqazo etadigan o‘yin hamda mashqlar o‘tkazilsa, dars oxirida 
o‘quvchilarning tana a’zolarini birmuncha tinch holatga keltiradigan o‘yin va mashqlarni 
o‘tkazish kerak. Masalan, dars boshida bolalarning diqqatini to‘plash uchun “O‘ylab top”, 
“Hamma o‘z joyiga”, “Man qilingan harakat” singari o‘yinlar o‘tkazilsa, darsningasosiy 
qismida “Quvnoq bolalar”, “Qoch bolam, kelxat keldi” kabi serharakat o‘yinlarni o‘tkazish 
tavsiya etiladi.
O‘rta yoshdagi o‘quvchilar bilan darsning asosiy qismida “cho‘pon, qo‘y va bo‘ri”, “Oq 
tosh”, “Oq ayiqlar” va boshqa o‘yinlarni o‘tkazish, darsning yakunlovchi qismida esa kam 
harakatli “Daqiqa”, “To‘g‘ri burilish” o‘yinlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir 
(T.Usmonxo‘jaev, F.Xo‘jayev).
Agar butun dars faqat o‘yinlardan iborat bo‘lsa, serharakat o‘yinlarni kam harakatli 
o‘yinlar bilan bir xil yo‘sindagi o‘yinlarni ikkinchi xil yo‘sindagi o‘yinlar bilan navbatlashtirib 
o‘tish kerak.
Agar o‘qituvchi bir sport turi texnikasining ayrim qismini o‘yin orqali bolalarga 
o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ysa, avval o‘yinning mazmuni va yo‘nalishini puxta 
o‘ylab olishi zarur.
Masalan, “To‘pni oldirma” yoki “To‘p ilish” o‘yinlari yordamida bolalarga to‘p uzatish 
va ilib olish harakatlarini o‘rgatish belgilangan bo‘lsa, bu ishni faqat mazkur o‘yinlar orqali 
amalga oshirib bo‘lmaydi. CHunki o‘ynayotganlarning asosiy e’tibori to‘pni tez uzatish va 
ilib olish bilan band bo‘lib, o‘yin texnikasi elementlarini bajarish e’tibordan chetda qoladi. 
Agar bu ish tegishli metodik ko‘rsatmalarga amal qilib va ba’zi bir o‘zgarishlar kiritib 
o‘tkaziladigan o‘yinlar yordamida bajarilsa, maqsadga erishish mumkin (M.A.Qurbonova, 
2006).
O‘ynovchilarni ortiq charchatib qo‘ymaslik hayajonli va ermak o‘yinlarni ko‘p 
o‘tkazavermay, ularni bolalarning jismoniy tayyorgarlik darajasi va organizmi imkoniyatini 
hisobga olgan holda boshqa xildagi o‘yin va mashqlar bilan qo‘shib olib borish kerak.


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 71,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin