(irsiyat natijasida kelib chiqadigan ko‘rlikka o‘xshash) deb ataladi.
Irsiy ko‘rlikda biron-bir sindromlaming qo‘shimcha patologiyalari
natijasida, ya’ni bosh miyaning ayrim bo‘laklari, ko‘ruv nervi, ko‘z
to‘r pardasi rivojlanishining buzilishlari oqibatida vujudga keladi.
Ko‘rlar uchun ochilgan maktab o ‘quvchilarida olib borilgan oxir-
gi tekshirishlar natijasiga ko‘ra, о ‘quvchi laming 80%da ko‘rlikni
tug‘ma va irsiy xarakterdaligi aniqlangan. Shundan eng ko‘pi auto-
som-retsessiv tipda irsiylanadi.
Ko‘z kasalliklari:
1. Astigmatizm -
ko‘z refraksiyasining buzilishi, ko‘z refraksiyasi
ko‘z shox pardasi qismlarining va ko‘z gavharining har xil darajada
nur sindirishiga bog‘liq. Yer sharining 40-45% odamlarida uchraydi.
Bu kasallik 1793-yilda Tomas Yungu tomonidan aniqlangan. Irsiy va
nasldan-naslga o‘tadigan kasallik ekanligi o ‘tgan asming 60-yillari-
da olimlar tomonidan ta’riflab berilgan. Bunda ko‘z yomon ko‘radi,
chunki tashqi muhitdan keladigan tasvir ko‘z to‘r pardasida o‘z aksini
topa olmaydi. Astigmatizm ko‘pincha ko‘z muguz pardasi va ko‘z
gavharining numi bir tekis sindirmasligidan kelib chiqadi. Bunday
bemorlar ko‘zoynaksiz buyumlami turli tekislikda ko‘ra olmaydilar.
Lekin ko‘rish o‘tkirligini qisman ko‘zoynaklar yordamida to‘g ‘rilash
mumkin
Dostları ilə paylaş: