lari geniologik usul yordamida yaxshi o ‘rganilgan. Masalan: darvin
do‘ngalagi,
buralgan quloq, quloq suprasining me’yoridan katta
bo‘lishi, mikrotin (quloq suprasining juda kichik bo‘lishi) va hokazo.
Bu anomaliyalar dominant yoki retsessiv holda, boshqa irsiy kasal
liklar bilan birgalikda yoki alohida rivojlanishi ham mumkin.
Masalan, darvincha do‘ngalak ko‘pincha o‘g‘il bolalarda monogen
holda rivojlanadigan irsiy belgi deb hisoblanadi.
Quloq suprasining
anomaliyalari esa shu belgini rivojlantiruvchi genning turlicha pe
netrant xususiyati bilan bogiiq. Ba’zan quloq suprasining anomali
yalari eshitish yo‘lining torayishi yoki umuman bekilib qolishi bilan
birgalikda keladi va karlikka sabab bo‘ladi. Bunday karlik ko‘pincha
og‘ir irsiy kasalliklar bilan birga rivojlanadi. Masalan: Patau, Edvars,
Daun, Shereshevskiy-Temer sindromlari. Bu kasalliklarda eshitish
organlarining tuzilishi va nerv sistemasining buzilishlari
eshitish qo-
biliyatining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Olimlarning aniqlashieha eshitish qobiliyati 80% holda mono
gen xususiyatga ega b o ‘lib, retsessiv-autosom tipda irsiylanadi.
19% autosom-dominant tipda, 1% X-xromosomaga birikkan tipda
irsiylanadi.
Hozirda karlikni kelib chiqish sabablarining irsiylanishiga qarab 8
guruhga bo‘lishadi:
Dostları ilə paylaş: