Vitaminoterapiya
yordamida vitamin yetishmasligi va jam-
g ‘arilishining buzilishiga bog‘liq bo‘lgan kasallik simptomlarini
yengillashtirish mumkin. Chunki bunday kasalliklar odatdagi avita-
minozlardan farq qilib, kasallik yaxshi ovqatlanganda ham yuzaga
chiqaveradi.
Xuddi o ‘mini to‘ldiruvchi terapiyaga o ‘xshaydi. Lekin kiritiladi-
gan preparatlar fiziologik dozadan ancha yuqori bo‘lishi shart. Tera-
pevtik dozalar samara bermaydi. Masalan: «Beda bargi» hidi bo‘lgan
siydik kasalligida (vitamin B,), tomir tortishish sindromida, gomot-
sistinuriyada, ksantinuriyada (vitamin B6), D-ga bog‘liq va D-ga
rezistent raxitda (vitamin D) va boshqa vitaminga bogiiq bo‘lgan
anomaliyalarda qo‘llash mumkin.
Dietoterapiyadan
davolash maqsadida hamda profilaktika maq-
sadida foydalanish mumkin. Bu usulni qo‘llash ancha oson bo‘lib,
lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan birdan-bir davolash usu-
li bo‘lib qolmasligi lozim. Bu usulda ovqat tarkibidagi kasallik
keltirib chiqaradigan komponentlar chiqarib yuboriladi. Natijada be
mor sog‘lom odamdan fenotipik tomondan farq qilmaydi. Masalan:
fenilketonuriya kasalligi bilan kasallangan bolalarga fenilalanin ami-
nokislotasi miqdori kamaytirilgan, uglevod va mineral tuz vitamin-
lariga boy dicta buyuriladi. Galaktozemiya kasalligida esa, galaktoza
miqdori kamaytiriladi. Ba’zi kasalliklarda bemor ratsioniga ayrim
175
komponentlami qo‘shish zarur. Masalan: bemor ratsioniga uratsil
va sitozin kerakli miqdorda qo‘shilsa, ortokoatsiduriya kasalligining
belgilarini yo‘qotib yuborish mumkin.
Xirurgik davolash
- irsiy kasalliklami davolashda qo‘llaniladigan
eng dastlabki usullardan biridir. Eng avval tug‘ma nuqsonlar va
anomaliyalami korreksiyalash qo‘llanila boshlagan. Bularga lab va
tanglay yoriqlarida, sonning tug‘ma chiqishlarida, anus atreziyasida
plastika usulini, sindakteliyada barmoqlar orasidagi pardani olib tash-
lash, pilorostenozda bo‘shliqning kengaytirilishini misol qilib kelti-
rish mumkin. Keyinroq esa, yurak, aorta, o‘pka arteriyasi anomali
yalari ham jarrohlik yo‘li bilan davolana boshlandi. Ba’zan ayrim
a ’zolami olib tashlash yo‘li bilan irsiy kasalliklar davolanadi. Ma
salan: irsiy sferatsitoz kasalligida asosiy klinik belgi - anemiyaning
rivojlanishini jarrohlik yo‘li bilan, ya’ni taloqni olib tashlash orqali
bartaraf qilinadi.
Lekin shu bilan birga, nasldan-naslga o‘tadigan kasalliklaming
hozircha hammasini batamon davolab yuborish mumkin emasligi
o‘z-o‘zidan ravshan. Shuning uchun uning mutlaqo paydo bo‘lmaslik
tadbirlarini ko‘rish m a’qul.
Xulosa qilib, har bir hamshira irsiy kasalliklaming oldini olish
va ularni davolash haqidagi umumiy m a’lumotlarni puxta bilishi
lozim. Genetik shifokorlaming o ‘ng qo‘li bo‘lmoqlari, bemorlarga
tibbiy-genetik maslahatxonada buyurilgan muolajalami bekamu
ko‘st bajarishlari kerakligini to ‘g‘ri tushuntira olishlari lozim. Xalq
orasida tibbiy genetik maslahatxona shifokorlari bilan birgalikda
avlodlarda kelgusida paydo b o lish i mumkin bo‘lgan og‘ir nasi
kasalliklarining oldini olish choralari va har bir yangi qurilayotgan
oila hayotining shod va baxtli bo‘lishi uchun kerakli zarur tadbir-
lami qo‘llashlari shart.
176
|