Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Narxsiz raqobat
shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining 
asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning nafliligi, sifati, servis xizmat 
ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda 
yashirin narx yordamidagi raqobat
ham 
bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va iste’mol 
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y 
beradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularni sotishni 
rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni 
keltirib chiqarmoqda. Iste’mol bozorlarida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali 
xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, 
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin 
turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin. 
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar 
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari 
mumkin. Bunda dastlab, tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan 
qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda
texnika va 
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish
uchun kurash 
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab 
chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat 
foydalaniladigan iste’mol tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat 
ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma 
o‘z mahsulotini shunchaki sotish bilan cheklanmasdan, balki uni o‘rnatib berish, 
korxona xodimlarini kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish, kafolatlangan 


247 
muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajarish, texnikaviy xizmat 
ko‘rsatish kabilarni ham amalga oshiradi; mahsulot xossa va o‘lchamlarini 
buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida 
marketing
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar 
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va 
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat 
kurashida yutib chiqadi. 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini 
qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx 
barqarorligicha qolaveradi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan 
sharoitda narxsiz raqobat muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, 
monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni 
yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, 
ular moliyaviy jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab 
chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin