Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

salbiy tomoni
sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi.
Bu holat monopoliyalarning 
yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida 
narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past 
texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga 
keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi 
iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan 
chiqadi.
Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona 
tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan 
asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini 
pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo‘ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish 
qisqarib, ishsizlik va inflyatsiya o‘sadi, xo‘jalikning izdan chiqishi kuchayadi. 
Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo‘lga 
kiritilishi mumkin bo‘lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi; 


255 
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. 
Bu holat ham narxlarning 
monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib 
keladi; 
3) iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. 
Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini 
sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz 
o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni 
ishlab 
chiqarishni 
ratsionallashtirish, 
uning 
samaradorligini 
oshirish 
imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini 
kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to‘g‘risida qayg‘urish 
kabi xatti-harakatlardan qaytaradi; 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin