266
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo bir-birini taqozo
etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan
ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir
naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu
ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lum.
Oldingi o‘rinlarda
biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas,
balki mavjud
sharoitda shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni
ijtimoiy-zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni
ifoda etishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu
ikki xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat
va ijtimoiy naflilik birligini, bunda
iste’mol qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini
to‘g‘ri hisobga olmaslik, uning mazmunini ochishda
masalaga bir tomonlama
yondashish natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan turlicha
aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga narxning
darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir
qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan,
ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy
iqtisod darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa,
marjinalizm yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va
S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim
iqtisodiyot nazariyasi o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi,
aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi, degan fikrlar beriladi.
Bunda so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi.
Uchinchi
guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har
biri o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar.
Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida
tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki xil nazariyaning mohiyati,
mazmuni va ularning narxni to‘g‘ri
aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning
asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi.
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari
ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘liq tan olinsa,
boshqasi qisman tan olinadi,
267
uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki,
bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi deb qarash
noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada
narx qiymatdan past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Jumladan, o‘zgarib turuvchi
talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u
yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat –
narx nisbatiga xuddi
talab va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u
yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning
iste’mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni
uning nafliligini ham hisobga oladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan
bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini
va shu bilan birga ijtimoiy
qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik»
tushunchasining o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-
qimmatga egaligini ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki,
Dostları ilə paylaş: