262
Narx vositasida raqobatlashuv
– ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari
narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari
narxiga nisbatan
pasaytirishi asosidagi kurash.
Narxsiz raqobatlashuv
– asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning
sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori
hisoblangan kurash.
Monopoliya
– monopol yuqori narxlarni o‘rnatish
hamda monopol yuqori
foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit
makroiqtisodiyot ustidan
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning
birlashmalari.
Ishlab chiqarishning to‘planishi
– ishlab chiqarish vositalari,
ishchi kuchi
hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishi.
Dostları ilə paylaş: