Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Kapitalning to‘planishi 
– qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi 
– bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib 
olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati va boshqa 
shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishi. 
Sof monopoliya 
– tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi va binobarin, foyda olishdagi 
yakkahukmronlik holati. 
Oligopoliya
– tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati. 
Monopolistik raqobat 
– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni 
ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir 
ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus 
xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini 
belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.
Monopsoniya 
– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda 
ko‘p bo‘lib, ular ishlab chiqargan tovar yoki xizmatlarining iste’molchisi yoki 
xaridori yagona bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati. 


263 
Tabiiy monopoliya 
– korxonaning texnologik xususiyatlari sababli 
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda 
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Legal (qonuniy) monopoliya 
– qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik 
holat.
Sun’iy monopoliya 
– monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Kartel
– ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z 
mulkiy egaligini saqlab qolib, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota asosida 
amalga oshiriladigan bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning 
uyushmasi. 
Sindikat 
– 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik 
birlashma 
ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarilgan mahsulotni 
sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriluvchi, 
bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi.
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy 
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi 
birlashmasi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin