257
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasiga
ko‘ra, - “iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali
raqobatbardosh muhitni
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-
bosqich kamaytirish”
1
vazifasi belgilangan. 2017 yildan boshlab Iqtisodiyot
tarmoqlari uchun samarali raqobat muhitini yaratish hamda mahsulotlar va
xizmatlar bozorida bosqichma-bosqich monopoliyani qisqartirish ko‘zda
tutilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishildi.
Lekin, bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar,
korporatsiyalar, kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib,
ular ko‘pincha tarmoq vazirliklari mavqeiga ega bo‘lib, mahsulot va
xomashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida
taqsimlashning
eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya,
sertifikatlar berish, kelishish kabi ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga
ko‘proq imkon yaratadi. Iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi bunday holatlarni
bartaraf etish maqsadida prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning
Oliy Majlisga
Murojaatnomasida “barqaror iqtisodiy o‘sishning eng muhim garovi –
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar
topish va eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish
hisoblanadi”
2
, deb ta’kidlanadi.
O‘zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish
uchun quyidagi chora-
tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
Dostları ilə paylaş: