254
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni
mavjud. Uning
ijobiy tomoni
asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi.
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan
samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
Ikkinchidan,
monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha
yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning
odatda moliyaviy jihatdan
imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish
orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga
e’tibor qaratadilar.
Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez
o‘zlashtirib olinadi va,
buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish
xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik
monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan
olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.
Monopoliyaning
Dostları ilə paylaş: