Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Monopsoniya
– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda 
ko‘p bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori 
mavjud bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.
Misol 
tariqasida dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilayotgan paxta tolasi va 
ularni shartnoma asosida “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tarkibida 
paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlashni tashkil qilish bo‘yicha 
“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallariga sotishini 
keltirishimiz mumkin. Bunda paxta etishtiruvchilar tarmoqda cheksiz va ular 
tomonidan etishtirilgan paxta xom-ashyosini faqatgina “O‘zpaxtasanoat” 
aksiyadorlik jamiyatiga sotishadi. 
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: 
tabiiy 
monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya farqlanadi. 
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda 
takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali 
qazilmalar va h.k.)ga ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. 
Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi 
sababli raqobatni rivojlantirib bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish 
turlari ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli 
mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda 
samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Bunday samaradorlik 
ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi 
xarajatlarning sezilarli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan 
birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 
iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi. 2017 yil 


252 
boshida har biri 10 turdagi mahsulotni ishlab chiqaradigan 151 ta tabiiy 
monopoliya subyektlari mavjud.
1

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin