Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo‘lishini 
maksimal darajada bartaraf etish.
Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va 
iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 3.2-bandi. 
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 


258 
nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional 
islohotlar zarur; 
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o‘z 
ustunlik mavqelarini suiiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.
Davlat 
muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali 
innovatsiyalar, past xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish
boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin 
emas
1
.
O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan 
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa 
shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida
birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli 
iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, 
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu 
raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik 
shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo 
etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini 
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo 
bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy 
mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini 
zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik subyektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali 
aloqa qilishidir. Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash 
to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi (xujjat kuchini yo‘qotgan, 
8.01.1997) hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir 
turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab 
taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib 
borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. 
1
Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики в Узбекистане: общие принципы и правовая 
база. - Экономическое обозрение, №2, 2004, с.5. 


259 
Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, 
g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. 
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli 
o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 
dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat 
to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi (xujjat kuchini yo‘qotgan, 07.01.2012). 
Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni 
cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, 
respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va 
samarali amal qilishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, qonunda asosan 
ikkita muhim yo‘nalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga qarshi taribga solishning 
prinsipial yangi ko‘rinishi bo‘lib, u mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar 
tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va 
unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan 
bo‘lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini 
shakllantirish ekanligi belgilab qo‘yilgan. 
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda 
ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga 
qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi qaratilgan 
edi. 
Lekin bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan shart-sharoitlar va 
talablar o‘zgarib bu qonunlar asta sekinlik bilan o‘z kuchini yo‘qota boshladi. 
Shuning uchun 2012 yil 6 yanvarda yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni qabul qilinib, oldingi «Monopol faoliyatni cheklash 
to‘g‘risida»gi qonuni (1992 yil, avgust) hamda «Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonuni (1996 yil 27 dekabr) o‘z 
kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi. Qabul qilingan yangi qonun hamda keyingi 


260 
yillarda mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar 
asosida tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o‘rnida 
mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining yanada 
kuchayishiga olib keldi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 
tovarlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlash ham dolzarb vazifa 
hisoblanadi. 
Shu 
sababli 
ham 
mamlakatimizda yaratilgan texnologiyalarning 
raqobatbardoshligini 
ta’minlash, 
“nou-xau” 
namunalarini 
yaratish, 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni 
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-
tadbirlarni amalga oshirib borish
zarur bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin