Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
1.
Raqobat bozor iqtisodiyotining muhim xususiyatlaridan biri bo‘lib, u bir 
tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi mexanizm sifatida 
namoyon bo‘ladi. Raqobat ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy 
resurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi. 
2.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga – tarmoq ichidagi 
raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq 
ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, 
monopollashgan raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir. Sof raqobat va sof 
monopoliya real hayotda kam uchraydi.
3.
Raqobat – xo‘jalik yuritishning asosiy dastaklaridan biri hisoblangani 
uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga 
bog‘liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik 
yuritishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va 
siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida 


261 
olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilishga erishishida asosiy omil 
bo‘lib xizmat qiladi. 
4.
Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam 
bo‘lgan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi 
chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish 
jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko‘plab tarmoqlarda xukmron 
mavqega ega bo‘lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish 
yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada 
tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi. 
5.
Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi subyektlar 
ishchanligini susaytirmaydigan darajada etarlicha moslashuvchan bo‘lishi darkor. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin