Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə482/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

vazifalarni
bajaradi: 
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar 
pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank 
mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi; 
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo 
hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi; 
3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi;
4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga 
oshiradi; 
5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi; 
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, milliy valyutani 
muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini 
tartibga soladi. 
Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish 
va so‘mning barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashdan iborat. Mazkur vazifalar 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni 
mustahkamlash 
va 
iqtisodiy 
o‘sishni 
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‘langandir. 
O‘zbekiston Markaziy banki o‘zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir 
qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. 
Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli 
qog‘ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta 
moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari 
ham ishga solinadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli 
sheriklar 
sifatida 
chiqadi. 
Kredit 
berishda 
fan-texnika 
taraqqiyotini 
jadallashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga 
erishishni ta’minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi. 


636 
Banklar o‘z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun 
moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari 
ko‘proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   478   479   480   481   482   483   484   485   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin