658
23.3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir etish usullari va vositalari Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
- bevosita ta’sir qilish usullari;
- bilvosita ta’sir qilish usullari;
- tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo‘lsa,
bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan
bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning
davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u
asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan
tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit
tarmoqlarni barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va
aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
Hozirda so‘ngi uchinchi yo‘l ustun ravishda amal qilmoqda.
Davlat xilma-xil shakldagi kapitalga egalik qiladi, kreditlar beradi,
korxonalarga mulkdor hisoblanadi. Bu davlatni ijtimoiy kapitalning bir qismiga
egalik qilishiga olib keladi.
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan
foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash,
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Tartibga
solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish
jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solish ko‘zda
tutiladi. Ayniqsa, ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga
bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy vositalardan
659
foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish
mumkin: