662
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi davrdagi oliy shakli
davlat iqtisodiy dasturlari
hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha
usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat. Iqtisodiy dasturlar o‘rta
muddatli, favquloddagi va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli
umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig‘iz
vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyatsiya
sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. Maqsadli
dasturlarning obyekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy
tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Dostları ilə paylaş: