664
xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi;
iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash;
bozorning tabiatidan kelib
chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam
ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g‘amxo‘rlik qilish, bepul (yoki
imtiyozli)
bilim berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va shu kabilarni o‘z zimmasiga
olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish
vazifasini ham o‘z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat
a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish
uchun cheklangan ishlab
chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy
iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy
takror ishlab chiqarish
jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi uning vazifalari
orqali ifodalanib, ular, asosan, bozor tizimining amal qilishini
engillashtirish va
himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib
chiqadi. Ya’ni, bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi
huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash; raqobatni himoya qilish; daromad va
boylikni
qayta
taqsimlash;
resurslarni
qayta
taqsimlash;
iqtisodiyotni
barqarorlashtirish, iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va
bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish.
4. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita va bilvosita ta’sir
qilish usullari hamda tashqi iqtisodiy usullardan foydalanadi. Tartibga solishning
bevosita ta’sir qilish usullaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish
jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ma’muriy tartibga
solish ko‘zda tutiladi. Bu usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlarini bevosita boshqarish; narxlar va ish haqini
«muzlatib» qo‘yish siyosati; ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini
tashkil qilish; iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab
chiqish va qabul qilish va h.k.
665
5. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy
dastak va vositalarga
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Pul-kredit siyosatining
asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hisob
stavkasini tartibga solish; moliya-kredit muassasalalarining
Markaziy bankdagi
zaxiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish; davlat muassasalarining
qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish,
ularni sotish va to‘lash). Davlat budjet siyosati uning daromadlar va harajatlar
qismini o‘zgartirishga
qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: