Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish –
davlatning jamiyat a’zolari
ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish
resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy
muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etish bo‘yicha faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi
– iqtisodiy va
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib
turuvchi sharoitga moslashtirish.
Davlatning iqtisodiy vazifalari
– iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-
sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari
– tartibga
solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar
– iqtisodiyotni tartibga solishning taqiqlash, ruxsat berish va
majbur qilish tavsifidagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar
– iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va
dastaklari.
666
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Davlatning iqtisodiyotdagi roliga turlicha qarashlarini baholang.
2.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi to‘g‘risidagi qanday nazariyalarni
bilasiz?
3.
Davlatning asosiy iqtisodiy vazifalarini sanab chiqing va ularning qisqacha
tavsifini bering.
4.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning zarurligini nima taqozo qiladi?
5.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish o‘z oldiga qanday maqsad va
vazifalarni qo‘yadi?
6.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita va bilvosita
usullariga tavsif bering. Tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalarini
sanab ko‘rsating.
7.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat sektori qanday rol
o‘ynaydi?
8.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari nima va ular qanday amalga oshiriladi?
9.
O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi dinamikasini tahlil
qiling. Yillar davomida tarmoq va sohalar bo‘yicha davlat sektori ulushining
o‘zgarishini izohlang.
10. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning tashqi iqtisodiy usullari
mazmunini tushuntiring.
|