Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. AHOLI TURMUSH DARAJASI VA DAROMADLARI



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə503/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

24-bob. AHOLI TURMUSH DARAJASI VA DAROMADLARI
Ma’lumki, aholi farovonligi, turmush darajasi va sifatini yaxshilash, ularning 
daromadlarini oshirish mamlakatimiz Prezidenti va davlatimizning oliy 
maqsadidir. Bu maqsadga erishishda aholi daromadlari asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu 
bobda aholi turmush darajasi va daromadlarining iqtisodiy mazmuni, ularning 
tarkibi, daromadlarning aholi turmush darajasiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablari o‘rganiladi. 
Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil qilinib, tengsizlik va uning 
sabablari, oqibatlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, kambag‘allik muammosi, 
uning darajasini kamaytirish, aholi daromadlarini oshirish ta’minlash bo‘yicha 
davlatning ijtimoiy siyosati, davlat dasturlari va ularning roli bayon etiladi. 
24.1. Aholi turmush darajasi va uning asosiy ko‘rsatkichlari.
Aholi turmush darajasi juda keng va serqirra iqtisodiy tushunchadir. Shuning 
uchun bu tushunchaga iqtisodiy adabiyotlarda turli xil ta’riflar berilgan. Biz ularni 
umumlashtirib uni quyidagicha ta’riflaymiz. 
Aholi turmush darajasi – aholining 
hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan 
ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi 
darajasidir. 
Aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo‘lgan talabi tabiiy tarixiy milliy 
va boshqa shart-sharoitlarga qarab turlicha bo‘ladi va tez o‘zgarib turadi. Shunga 
binoan aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham turlicha bo‘ladi. 
Insonning turmush darajasi o‘sib boruvchi talablar darajasi bilan uni qondirish 
imkoniyatlari darajasi o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish va uning o‘zgarishi bilan 
bog‘liqdir. Bunda insonning tanlash erkinligining o‘sishi ya’ni uning nimalarni 
iste’mol qilishi, qaerda, qanday yashashi, qanday o‘qib bilim olishi kabilarni 
bemalol tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 


668 
Demak, insonning turmush darajasi o‘sishi uchun uning tanlash erkinligi 
kengayishi, uzoq va sog‘lom hayot kechirishi, bilim olishi uchun zarur iqtisodiy 
resurslarga (imkoniyatlarga) ega bo‘lishi lozim. Bunda tinchlik, xavfsizlik, 
ekologiya va ijtimoiy adolat masalalari ham muhim o‘rin tutadi.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari 
tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 
1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar; 
2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari; 
3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish; 
4) turar joy sharoitlari
5) ma’lumot va madaniyat; 
6) mehnat qilish va bandlik sharoitlari; 
7) aholining daromadlari va xarajatlari; 
8) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; 
9) transport vositalari; 
10) dam olishni tashkil etish; 
11) ijtimoiy ta’minot; 
12) inson erkinligi. 
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana bir qancha ko‘rsatkichlar ham 
borki, ular alohida ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM, aholi jon 
boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi 
iste’mol hajmi va boshqalar. 
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti, 
ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o‘z 
ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida 
olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat 
darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida 
guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda 
aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki 
mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. 


669 
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   499   500   501   502   503   504   505   506   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin