671
108
109,6
111
112,2
108,4
106,5
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
2014
2015
2016
2017
2018
2019
24.1-rasm. O‘zbekistonda aholi real daromadlarining o‘sishi
(o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
1
Aholining nominal pul daromadlari turli
manbalar hisobiga shakllanib,
ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul
tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini
modernizatsiya
qilish
sharoitida
aholi
daromadlari tarkibida qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Birinchidan
,
daromad
shakllari o‘zgardi, ya’ni uning an’anaviy turlari (ish haqi, pensiya, nafaqa,
stipendiya) qatoriga mutlaqo yangilari –
tadbirkorlik faoliyatidan, (ko‘chmas)
mulkdan, qimmatli qog‘ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar
qo‘shildi.
Ikkinchidan
,
daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan
o‘zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to‘planish va ajralish
koeffitsienti,
daromad tanqisligi, tirikchilik minimumi,
qashshoqlik darajasi, oila
pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo‘ldi.
Uchinchidan,
daromadlardan foydalanishning yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi:
majburiy to‘lovlar va badallar,
chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar va shaxsiy
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.
672
mulkni
sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo‘yilmalar shular
jumlasidandir.
Respublikamiz iqtisodiyotining yanada rivojlanib
borishi va aholining turli
faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga keng yo‘l ochib berilganligi sababli aholining
pul daromadlari yildan-yilga oshib bormoqda (24.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: