Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə498/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Pul-kredit siyosatining 
asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- hisob stavkasini tartibga solish;
- moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal 
hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;
- davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat 
obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash).
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini 
kutilgan yo‘nalishda o‘zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan 
pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat 
kreditga bo‘lgan talab va taklifni Markaziy bank orqali quyidagi yo‘llar bilan 
o‘zgartiradi. Birinchidan, davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar 
mablag‘larining qarzga beriladigan va zaxirada turadigan qismlari ulushini 
o‘zgartiradi. Natijada qarzga beriladigan pul miqdori o‘zgaradi, ya’ni uning taklifi 
oshsa, foiz kamayadi, aksincha u kamaysa, foiz oshadi. Foizning kamayishi kredit 
olishga intilishni kuchaytiradi va bu investitsiya faolligi orqali iqtisodiy o‘sishni 
rag‘batlantiradi. Ikkinchidan, Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida 
qarz berib, ularning kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‘sishiga ta’sir 
qilishini ta’minlaydi. Uchinchidan, davlat Markaziy bank orqali xazina 
majburiyatlarini tarqatadi, o‘z obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog‘ozlarini 
sotib oladi. Natijada taklif etilgan pul miqdori o‘zgarib, bu foizga ta’sir etadi. 
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati 
monetar siyosat deb yuritiladi.
Davlat budjet siyosati uning daromadlar va xarajatlar qismini 
o‘zgartirishga qaratiladi.
Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy 
mablag‘larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan 


661 
xo‘jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishda ham 
keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, 
soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to‘lashda berilgan 
imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   494   495   496   497   498   499   500   501   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin