1 Юм Д. Трактат о человеческой природе. М инск, «Попурри», 1998. С. 499.
112
www.ziyouz.com kutubxonasi
ek an , u xayrixohlik tushunchasiga e ’tib o r qiladi. Inson tab iata n
boshqalarga xayrixohlik hissiga ega. Ana shu xususiyat, Hyumning fikriga
ko‘ra, axloqning asosi hisoblanadi. Xayrixohlik oddiy xalqda tug‘iladigan
noroziliklarni yumshatadigan, xayriyani rag‘batlantiradigan, barcha
«jentelmenlarning» birlashuvini ta ’minlaydigan vosita sifatida nam oyon
bo‘ladi.
2. Olmon mumtoz axloq falsafasi
Tarixda olmon mumtoz falsafasi deb nom olgan tafakkur o'zining
miqyosiyligi va teranligi bilan hanuz fikrlovchi kishilarni hayratga soladi.
O lm on mumtoz faylasuflari ingliz, fransuz faylasuflaridan farqli o ‘laroq,
o ‘z asarlarini keng kitobxon om m asiga em as, balki to r doiradagi
o ‘quvchilarga, falsafani mutaxassislik deb bilgan olimlarga va talabalarga
m o ‘ljallab bitganlar. Shu bois ularning k o ‘pchilik kitoblari, xususan,
axloqshunoslikka oid asarlari ham quruq akademik tilda yozilgan va
tushunilishi og‘ir. Lekin ular o ‘z asarlarida jah o n falsafiy tafakkuri XIX
asrning birinchi yarmigacha erishgan barcha yutuqlarni ilmiy tizim larda
umumlashtirganliklari va ulardan nihoyatda chuqur ilmiy xulosalar
chiqarganliklari bilan ajralib turadilar.
O lm on mumtoz falsafasining asoschisi Immanuyel Kant (1724—
1804) hisoblanadi. Uning «Axloqiy metafizikaning asoslari» (1785),
«Amaliy aqlning tanqidi» (1788) va «Xulqlar metafizikasi» (1797) asarlari
asosan axloqshunosiik va axloqiy m uam m olarga bag‘ishlangan.
Kant falsafaning maqsadi ham da vazifasi haqida so‘zlab, shunday
deydi: «Falsafa doirasini quyidagi to ‘rt masala bilan yakunlash mumkin:
1. Nimani bilishim mumkin?
2. N im a qilishim kerak?
3. Nimaga umid bog'lay olaman?
4. Inson nima?
Birinchi savolga — metafizika, ikkinchisiga — axloq, uchinchisiga —
din va to'rtinchisiga — antropologiya (insonshunoslik) javob beradi.
Ayni paytda, bularning ham masini, aslini olganda, insonshunoslikka
taalluqli deyish mumkin, chunki dastlabki uch savol to ‘rtinchisiga borib
taqaladi»1.
Demak, Kant uchun eng m uhim m asala — insonning xulqi, uning
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilmishlari. Faylasuf nazariy aqldan amaliy aqlni baland qo‘yadi. Bilim,
agar insonni insoniyroq qilsagina, unga q at’iy axloqiy zaminga ega
b o ‘lishi va ezgulik g‘oyasini amalga oshirishi uchun yordam bersagina
qimmatga ega. Barcha uchun ahamiyatli va zarur axloqiy me yorlar
shunday bo‘lishi kerakki, ular eng oliy va eng so‘nggi axloqiy qonunlar
sifatida barcha insoniy xatti-harakatlarga yo‘nalish ko‘rsatishi lozim.
Insonning hissiy hayoti -~ tabiiy jarayon, umumiy holat qonuniyatining
alohida hodisasi. Demak, axloqiy qonunlarning sababi — faqat aqlning
o ‘zi bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan nazariy yoki sof aql ayni bir paytda
amaliy aql hamdir, sof aql o ‘z-o‘zidan amaliy aqldir va u odamlarga
biz axloqiy qonun deb ataydigan umumiy qonunni beradi.
Kantning axloqshunoslikdagi kashfiyoti, inson xatti-harakatlaridan
chiqargan xulosasi — axloqning muxtorlik maqomiga ega ekanligidadir.
Faylasuf axloqiy tamoyillarning qat’iy mustaqilligi va o ‘z bahosiga
egaligini ta ’kidlaydi. Tabiat qonuni nima ro‘y berishi kerakligini va
haqiqatan ham m a’lum shart-sharoitda uning ro ‘y berayotganini
ko‘rsatadi. Axloqiy qonun esa, aksincha ehtimoli bor barcha shart-
sharoitda nima ro ‘y berishi kerakligini talab qiladi; bunda u muayyan
holatda pirovard takomil bilan ro‘y beradimi, yo‘qmi — ahamiyatsiz.
Tabiat qonuni, bu — dalil haqidagi fikr va borliqqa taalluqli bo lgan
talab shaklidir. Axloqiy qonun yoki sof amaliy aqlning asosiy qonuni
m ana bunday: shunday xatti-harakat qilki, sening ixtiyoring qoidasi
ayni paytda umumiy qonunchilik tamoyili kuchiga ega bo‘lsin. Sof
amaliy aqlning asosiy qonuni — insonlarning barcha harakatiga asos
b o ‘ladigan axloqiy m e’yorga amal qilishdan iborat.
Axloqshunoslikni obyektiv qonunlar haqidagi fan sifatida, Kant,
matematika bilan tenglashtiradi: geometrik qat’iy qoidalami, inson ularga
o ‘zi to 'l a am al q ilish -q ilm a slig i b ilan h iso b la sh m ag an h o ld a
shakllantirgani kabi, axloqshunoslik ham insonning imkoniyatlari bilan
hisoblashmaydigan, balki nima axloqiy ekanligini ko‘rsatadigan qoidalar
taqdim etmog‘i kerak. Shu bois faylasuf huquq va axloq haqidagi fanlami
aqlning shak keltirib bo‘lmaydigan yoki qat’iy talablarga asoslangan
nazariyalari sifatida olib qaraydi. «Shunday qilib, — deydi Kant, —
qa t’iy am r (imperativ), bu shunday qoidaki, u haqda tasaw ur subyektiv
tasodifiy xatti-harakatni zaruriy qilib qo‘yadi...»‘.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q at’iy am r, eng awalo, shuning uchun oliy va pirovard axloqiy
qonunki, u insonni faqat maqsad sifatida mavjud deb hisoblaydi va
insonga vosita deb qarashni, ayniqsa undan shunchaki vosita tarzida
foydalanishni man etadi. Bu oliy axloqiy tamoyilga Kant bir necha
misollar keltiradi. Mana, ulardan biri. Deylik, men bir yoqqa ketayotgan
d o ‘stim dan hech kimning guvohligisiz qanchadir pulni saqlab berish
uchun olib qoldim. Bu haqda o ‘zim dan boshqa hech kim hech narsa
bilmaydi. D a f atan do‘stim xorijda vafot etadi. X o‘sh, men uning pulini
o ‘zimda olib qolishim mumkinmi? Bu savolga «yo‘q» deb javob berish
uchun Kant q at’iy amrga murojaat qiladi; pulni o ‘zida olib qolish, agar
biz bu qoidaga umumiylik shaklini beradigan bo‘lsak, bundan buyon
boshqa hech kim o ‘z pulini birovga ishonib qoldirmaydi, degan gapni
anglatadi. Chunki, bu holatda har bir kishi qarzga berilgan pul b a’zi
sharoitda yo‘qolib ketishi mumkinligini anglab yetadi. Shunday qilib,
Kant nazarida, axloqiylik mohiyat e ’tibori ila insonning kundalik mayda
tashvishlardan yuksakka, ulug‘vorlikka, ilohiylikka ko‘tarilishidir. Axloq
xudbinlik manfaatlariga amal qilishdan burchni anglashga o ‘tishdir.
Inson doimo o ‘z shaxsiy baxtiga yo‘naltirilgan mayllari natijasida qat’iy
am r bilan qarama-qarshi kelib qolishi mumkin. Shu jihatdan inson doimo
burch bilan mayl oralig‘ida turadi. U ixtiyor tufayli aynan ana shu o ‘z
burchini bajarishga erkin qaror qiladi, ya’ni q at’iy amiga bo ‘ysunadi va
faqat mana shu doiradagina o ‘z mayllariga erk beradi. Q at’iy amrga
amal qilish imkonini amaliy aqlning «sen qila olasan, chunki qilishing
kerak», degan qonunni beradi. Axloqiy e ’tiqod qandaydir ichki zo‘rlikka
asoslangan tizim sifatida ish ko‘radi, usiz inson o‘zini ko'zguda ko‘rsa
dahshatdan sapchib tushadi. «Hakam insonning ichida» va axloqiy qaror
pirovard natijada har bir odam uchun o ‘z -o ‘zini sud qilish demakdir.
Zero, inson, u yoki bu muhim qarom i qabul qilar ekan, tashqi tartiblar
(amal, boylik va h.k.) emas, balki faqat burch amri nuqtayi nazaridan
ish tutm og‘i lozim. Buning aksi ro‘y bermasligi uchun insonga o ‘zini-
o ‘zi nazorat qilsin deb ajoyib nazoratchi — vijdon berilgan. Vijdon
insonning ikkiga bo‘linib yashashiga chek qo‘yadi: hammasini to ‘g‘ri
tushungan holda noto‘g‘ri xatti-harakat qilishi mumkin emas. Vijdon
bilan berkinmachoq o ‘ynab bo‘lmaydi, uni aytganingga ko‘ndira olmaysan.
Uni uxlatib qo‘yish ham mumkin emas, ertam i-kechm i uyg‘onadi-da,
qilmishingga javob berishga majbur etadi.
Buyuk mutafakkirning axloqshunosligini m a’lum m a’noda burch
haqidagi ta ’limot ham deyish mumkin. U burchning ikki xili mavjudligini
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta ’kidlaydi: huquqiy burch va axloqiy burch. Huquqiy burchni bajarish
uchun tashqaridan majbur etilsa, axloqiy burch aksincha, fazilatga,
ya’ni ichki hodisaga, ixtiyor erkinligiga bog‘liq. Shu bois insonning
axloqiy burchga muvofiq xatti-harakat qilish qobiliyatini Kant fazilat
deb ataydi.
Axloqiy burchning o ‘zini ham faylasuf ikkiga bo'ladi: insonning o ‘z
oldidagi burchi va boshqalarga nisbatan, ularning aybdorligi yoki
hurmatga munosibliklariga qaratilgan burch. 0 ‘ziga nisbatan burch,
aw alo, insondan o ‘z-o ‘ziga hurmatni talab etadi. Uning ziddi — o ‘z
hayotiga qasd qilish, sog'ligiga putur yetkazish, yolg'onchilik, ochko zlik
va soxta itoatkorlik — xushomadgo'ylik. 0 ‘zgalarga nisbatan burch esa,
aw alo , boshqa odam larni hurm at qilishni talab etadi. U - Kant
« d u n y o n in g buyuk axloqiy bezagi» deb atag an x a y r-e h so n d a ,
m innatdorchilikda, quvonch-u g‘am ni baham ko'rishda, um um an,
insonga muhabbatda aks etadi. Ularning ziddi — manmanlik, dilozorlik,
hasad, ko'rnamaklik va ichqoralik.
Xatti-harakatning maqsadi ham, uning samarasi ham emas, balki
uning niyati, ya’ni axloqiy amrga muvofiqligi axloqiy hisoblanadi. Ana
shu mezon, axloqiy burch insondan xatti-harakatning ezgu ixtiyor bilan
qilinishini talab etadi. «Biror yerda, bu dunyoda ham, hatto undan
tashqarida ham, faqat birgina ezgu ixtiyordan boshqa yana qandaydir
narsani cheklanmagan darajadagi ezgulik deyish mumkinligini xayolga
keltirib b o ‘lmaydi», — deydi K ant1. Ezgu ixtiyor harakatni tashqi shart -
sharoit va manfaatni hisobga olmasdan baholaydi, zero, burchning
m azm u n i biz in tila y o tg an b axtda em as, balki baxtli b o 'lish g a
loyiqligimizdadir. «Shu bois, - deydi faylasuf, — axloq, sirasini aytganda,
o ‘zimizni qanday tarzda baxtli qilishimiz mumkinligi haqida emas,
balki o ‘zimiz qanday qilib baxtga munosib bo‘lishimiz to ‘g‘risidagi
ta ’limotdir»2.
Shuni ham ta ’kidlash o ‘rinliki, Kant ixtiyor muammosiga diniy-
nasroniy nuqtayi nazardan yondashadi: dastawal u yovuz ixtiyor tarzida
yuzaga chiqadi. Yovuz ixtiyor inson tabiatidagi burch talabining harakat
qoidasiga aylanishiga qarshi turadigan mayldir. Ana shuning uchun
ham o ‘z-o ‘zini bilish va aqlga asoslangan ezgu ixtiyor zarur. Odamlar
ana shu ezgu ixtiyor asosida bir-birlariga munosabat qilishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |