Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Yüklə 236,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix07.01.2024
ölçüsü236,84 Kb.
#211533
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.
t.me/e_kutubxona
g‘aroyib manzaraga – yuksak tog‘ cho‘qqilarining qori alvon rangga
bo‘yalib tovlanishini ko‘rib dahshatga tushardi.
Eng qo‘rqinchlisi, noma’lumlik edi. Noma’lumlik ularni o‘zlari asrlar
davomida yashagan maskanlarini, molu mulklarini tashlab g‘arq
pishib yotgan tutlar hidi anqib turgan chorbog‘lar oralab o‘tgan
yo‘llar orqali bu vahimadan bexabar va aldamchi farog‘at og‘ushida
uxlayotgan o‘lkalarga ketishga, bu noma’lumlikdan yosh
kelinchaklarning ko‘ksida suti qurib, hali kindik yarasi bitmagan
chaqaloqlar yig‘isi otalarni yarim kechalari turib olisda tobora
qizilashib tovlanayotgan tog‘larga notinchlik bilan uzoq boqishga
majbur qilardi. Er zirillashi to‘xtagani bilan ularning yuragidagi
zirillash battar avj olardi. Ular o‘sha tuni bilan nimqizil rangda
tovlangan tog‘lar tomondan biror bir xabar kelarmikan deya ilonizli
yo‘llarga intiq boqib kutishar; ammo nomoz paytidagi kentlar
ko‘chasidek bu qadimiy yo‘llarda biror kishining qorasi ko‘rinmasdi.
Noma’lumlik tomonga qarab borib, u yoqdan biror gap olib kelishga
hech kim jur’at qilolmasdi. Undan ko‘ra ular keng dashtda dushman
lashkari bilan yuzma-yuz turib jang qilishga rozi edilar. Ammo
dushman o‘sha noma’lum tomonda edi.
O‘sha noma’lumlik tarafda, kechalari nimqizil rangda tovlangan
tog‘lar tomondan oqib tushgan daryo yoqasidagi qal’ani Amir Temur
qo‘shini iskanjaga olgan edi. Sohibqiron qal’aning sharqiy darvozasi
ro‘parasida sarkob tiklashni buyurdi. U qal’aga taslim bo‘lishni talab
qilib nishon jo‘natmadi. U sarko‘b tiklanishini va sharq tomondan
oqib kelayotgan temir oqimni mana shu sarko‘b poyida yig‘ilishini
ham kutib o‘tirmadi. O‘rtada beomon jang boshlandi. Amir Temur
ham YAratganning bir bandasi kabi, olisdagi qishloqlarda yashagan
fuqarolarga o‘xshab noma’lumlikdan qo‘rqardi. Ammo u noma’lumlik
qarshisida qo‘l qovushtirib o‘tirishni yoqtirmasdi. U har qanday
jumboq echilgandan keyingina yuragida farog‘at topajagini yaxshi
bilar; bu jumboq, bu noma’lumlik – farzandning qismati uni qiynagan
sayin, u mana shu noma’lumlikni yo‘q etuvchi quroli – qo‘shinlarini
jangga soldi. Ko‘zlarida ham qasos olovi, ham o‘g‘il tashvishi baravar
aks etgan Amir Temur tundayam askarlariga dam bermadi. Har er-
har erda yoqib qo‘yilgan gulxanlar yorug‘ida qal’aning to‘rt darvozasi



Yüklə 236,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin