➢
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta’lim oluvchilarga
tarqatiladi yoki taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi;
➢
ta’lim oluvchilar individual tarzda
matn bilan tanishib chiqib, o‘z
shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda
tinglovchilar yoki qatnashchilarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya
etiladi:
Belgilar
1-matn
2-matn
3-matn
“V”
– tanish ma’lumot
“?”
– mazkur ma’lumotni
tushunmadim, izoh kerak
“+”
bu ma’lumot men
uchun yangilik
“–”
bu fikr yoki mazkur
ma’lumotga qarshiman?
Insert - bu matn bilan ishlaganda faollikni qo‘llab-quvvatlash
uchun kuchli
vositadir.
Masalan, yana yuqorida berilgan “Nyutonning birinchi qonuni. Inersiya
qonuni” mavzusi shu usulni qo‘llasak:
1-matn.
Inersiya qonuni — mexanikaning asosiy qonunlaridan biri. Inersiya qonuni
Nyuton dinamikasining birinchi qonuni. Unga koʻra,
har qanday jismga boshqa
jismlar taʼsir etmasa, jism oʻzining tinch yoki tekis va toʻgʻri chiziqli harakat
holatini saqlaydi. Jismlarning ushbu dinamik xususiyatlarini ularning inertligi
deyiladi. Inersiya qonunining aniq mazmuni G. Galiley tomonidan 1632-yilda
nashr etilgan «Dunyoning ikki sistemasi haqidagi muzokaralar» asarida berilgan.
Jismlarning yuqorida aytilgan
holatlari bajariladigan sanoq, sistemasi inersial
sanoq sistemasi deyiladi. Astronomlarning tekshirishlari natijasida baʼzi
galaktikalarning massa markazlari inersiya qonuniga muvofiq harakatlanishi
aniqlangan.
2-matn
Inersiya borligi tufayli jismning tezligini to‘satdan
oshirib yoki kamaytirib
bo‘lmaydi. Jism holatini o‘zgartirish uchun ma’lum vaqt kerak. Ma‘lum tezlikda
kelayotgan avtomobil birdaniga to‘xtay olmaydi. Shu tezlikda kelayotgan poyezd
sostavining to‘xtashi uchun yana ham ko‘proq vaqt va masofa kerak bo‘ladi.
Shuning uchun yurib ketayotgan transport vositasi oldini kesib o‘tish juda xavfli.
Tasavvur qiling, agar avtomobillar bir zumda to‘xtab qolsa, baxtsiz hodisalar
qancha kamayardi. Afsuski, fizika qonunlari buning iloji yo‘qligini aytadi. Ammo
tormoz masofasi necha metrga cho‘zilishini bilish yaxshi bo‘lar edi.
Axir,
u turli
xil mashinalar uchun turlicha. Haydovchining favqulodda vaziyatga bo‘lgan
munosabati va tormozlanish boshlanishidan (haydovchi pedalni bosgan) transport
vositasining to‘liq to‘xtashigacha bo‘lgan masofaning tormozlanish masofasi deb
ataladi.
3-matn
Ipga osib qo‘yilgan sharchaga
Yer tortish kuchi F
1
ta’sir etib, pastga
tushirishga harakat qilsa, ip F
2
kuch
bilan uni tepaga tortib, tushib ketishiga yo‘l
qo‘ymaydi. Natijada sharcha osilgan holda tinch turadi. Agar ip uzib yuborilsa,
jism pastga tushib ketadi. Bu yerda keltirilgan Ibn Sinoning ishkomning qulashi
haqidagi misolini eslash o‘rinli. Ya’ni ishkom unga ta’sir
etuvchi ikkita kuching
tengligi sababli muvozanatda turgan edi. Yuqoriga ko‘tarib turuvchi ustun ta’siri
olib tashlanganida esa og‘irlik kuchi ta’sirida ishkom harakatga keldi va qulab
tushdi. Demak, ta’sir etuvchi kuchlar muvozanati, ya’ni ularning vektor yig‘indisi
nolga teng bo‘lgan holatda ham jism o‘zining tinch holatini yoki to‘g‘ri chiziqli
tekis harakatini saqlaydi.
Dostları ilə paylaş: