-
Mamlakatning milliy valyuta kursini boshqa davlat valyuta kursiga
fiksirlash qarori monetar siyosatni amalga oshirishga qanday ta‘sri ko‘rsatadi?
-
Kapitalni nazorat qilish, ya‘ni kapital harakatini mamlakat chegarasidan
tashqariga erkin harakatini chegaralash milliy moliyaviy tizim va iqtisodiyotning
holatiga qanday ta‘sir ko‘rsatadi?
-
Xalqaro moliyaviy tizimda moliyaviy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta
fondi qanday rolni bajarishi lozim.
5
Yuqorida keltirib o‘tilgan yo‘nalishlar va
mavzular yuksak taraqqiy qilgan davlatlar, jumladan, AQSh iqtisodiyoti va
mamlakatimiz iqtisodiyoti, iqtisodiyot va uni taraqqiy qildirishning asosi bo‘lgan
huquqiy – me‘yoriy asoslar va amaliy materialllar asosida sizning e‘tiboringizga
o‘rganish uchun havolda etiladi.
―Pul va banklar‖ fanini chuqur o‘rganish maqsadida talablarga shuningdek,
mustaqil ta‘lim topshiriqlari ham beriladi.
2-Mavzu. Pulning paydo bo‘lishi, zarurligi va funksiyalari
REJA:
2.1.Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
2.2. Qiymat shakllarining evolyusiyasi.
2.3. Oltin pul sifatida.
2.4.Pulning mohiyati. Pulning o‗ziga xos xususiyatlari.
2.5.Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi.
2.6.Pulning funksiyalari.
2.7. Pulning funksiyalari bo‗yicha Yevropa va Amerika maktablari
tarafdorlari qarashlari
2.1.Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi.
ulning vujudga kelishi kishilik jamiyati
sivilizatsiyasining
buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. ‖Pul‖ deb nomlangan maxsus tovarning paydo
bo‗lishi natijasida odamlar o‗rtasida ayirboshlash bilan bog‗liq ziddiyatlar va
«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi.
Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi,
mohiyati va
funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar,
mutaxassislar juda ko‗p ilmiy asarlar, maqolalar va tadqiqot ishlari yaratgan.
Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning
vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‗rinishi
haqida yagona yondashuv
mavjud emas.
Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‗rtasida ro‗y
bergan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish
lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan
biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib kelayotgan pulning vujudga
5
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp.
2013. pp. 44-56
P
kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi omillar
asos bo‗lib xizmat qiladi:
qadimgi davrda odamlar o‗z
ehtiyojidan ortib qolgan
iste‘mol mahsulotlari turib qolmasligi va saqlashning
imkoniyati bo‗lmaganligi bois ularni o‗zlariga yaqin yoki
tanish odamlarga bergan, bu o‗z – o‗zidan odamlar o‗rtasida
stixiyali ravishda bir tomonlama ayirboshlash munosabatlari
vujudga kelishiga sabab bo‗lgan;
Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi
rivojlanganligi
natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga
kela boshladi. Bu davrda, kishilarda o‗ziga zarur bo‗lmagan buyumning o‗rniga
nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi lozimligini anglay boshladilar.
Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning
kundalik uchun zarur bo‗lgan
buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va
boshqa ehtiyojlarini qondirish natijasida ro‗y bergan. Bu davr ishlab chiqarish
usulining natural xo‗jalik tuzumi davriga borib taqaladi. Ma‘lumki, natural xo‗jalik
tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‗lgan
mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‗rtasida
ayirboshlash munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‗lmagan.
Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‗rtasida
ayirboshlash
munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi
ortiqcha mahsulotni o‗zi uchun zarur bo‗lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga
ehtiyoj seza boshladi.
Dostları ilə paylaş: