Ushbu
davrda
odamlar
o‗rtasida
vujudga
kelgan
ayirboshlash
munosabatlarining vujudga kelishiga ortiqcha mahsulotni
buzilmasligi va turib
qolmasligining oldini olishga bo‗lgan ehtiyoj turtki bo‗lgan.
Masalan, bir qop don = bitta qo‗yga almashilgan va h.k.
2.Qiymatning kengaytirilgan shakli
.
Qiymatning
kengaytirilgan shakli
jamiyatda mehnat taqsimotining vujudga kelish davri bilan bevosita bog‗liq bo‗lib,
ushbu davrda, kishilar o‗rtasida ayirboshlash munosabatlari rivojlandi. Endi
kishilar mahsulotning asosiy qismini ayirboshlash uchun ishlab chiqara boshladi.
Natijada, ishlab chiqarish salmog‗i ortib bordi, mahsulotlar tez – tez tovar sifatida
ayirboshlash jarayonida ishtirok eta boshladi. Bitta tovar bir necha tovarga
ayirboshlanadigan bo‗ldi. Ayirboshlash
jarayonining vujudga kelishida,
tomonlarning mafaatlari o‗zaro mos kelishi asosiy omil sifatida maydonga chiqdi.
Qiymatning kengaytirilgan shakli amal qilgan davrda ayrim tovar turlari,
mehnat qurollari va mollar pulning vazifasini bajargan. Masalan, bir qop don =
bitta qo‗y, bitta boltaga ayirboshlana boshladi. Albatta,
mamlakatning geografik
xususiyati va ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, ular o‗rtasida pul vazifasini
bajaradigan tovarlar va mahsulotlarni ajralib chiqishiga sabab bo‗ldi. Masalan,
AQShda tamaki, Sharqiy Xindistonda qand, fil suyagi, Qadimgi Gretsiyada buqa,
Shotlandiyada mix, Misrda mis,
shuningdek don, tuz va jun kabi mahsulotlar
umumekvivalent vazifasini bajara boshladi.
Dostları ilə paylaş: